2019 yil 1 oktyabrdan «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasining qonuni kuçga kirgan edi.

2021 yil 14 yanvarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazining taşabbusi bilan qabul qilingan qonun asosida hujjatga quyidagi mazmundagi 27-1-modda qöşilgan:

«Mulkdor va (yoki) operator Özbekiston Respublikasi fuqarolarining şaxsga doir ma'lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda işlov berişda, şu jumladan internet jahon axborot tarmoğida işlov berişda ularning jisman Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Şaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazilgan şaxsga doir ma'lumotlar bazalarida yiğilişini, tizimlaştirilişini va saqlanişini ta'minlaşi şart».

Qonunning bu moddasi 2021 yil 16 apreldan kuçga kiradi.

Bu band kuçga kirganidan söng Facebook, Telegram, Instagram, TikTok, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar, Gmail, Mail.ru poçta xizmatlari va Google, Yandeks kabi internet servislari Özbekiston fuqarolarining şaxsiy ma'lumotlari joylaşgan ma'lumotlar bazalarini (serverlari) jismonan Özbekistonga olib kelib saqlaşlari şart böladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi matbuot kotibi Şerzod Ahmadovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, Özbekiston fuqarolari foydalanadigan barça ijtimoiy tarmoqlarning boş ofislariga qonunçilikdagi yangilik haqida rasman ma'lum qilingan va qonun kuçga kirgunga qadar serverlarni Özbekistonga köçirib keliş çoralarini köriş söralgan.

Şuningdek, yaqin kunlarda bu bandning bajarilişi va texnik şartlari yuzasidan normativ hujjat tayyorlanadi.

Vazirlikka köra, xorijiy kompaniyalar serverlarini Özbekistonga olib kelişni xohlamasa, ular bilan boşqaça tarzda ham muzokaralar olib borilişi mumkin. Masalan, O‘zbekicton fuqarolariga şaxsiy ma'lumotlarini kiritmagan holda tarmoqda röyxatga olinişiga ruxsat berilişi kabi.

Lekin, har qanday holda fuqarolarning şaxsiy ma'lumotlaridan foydalanuvçi yoki ularni töplovçi tarmoqlar serverlarni Özbekistonga olib kelişni rad qilsa yoki boşqaça kelişuvga bormasa, ularning işi sudga oşiriladi. Sud agar bu ijtimoiy tarmoq «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunni buzgan deb topsa, uning Özbekiston hududidagi faoliyatini taqiqlaş töğrisida, ya'ni blok qiliş böyiça qaror çiqarişi mumkin.