Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida 1,5 yilda 3 311ta holatda 2 166 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani ma'lum qilindi
Foto: Samarqand viloyat prokuraturasi
Samarqand viloyatida prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 2020 yil va joriy yilning o‘tgan davrida 3 311ta holatda 2 166 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlangan. Bu haqda viloyat prokurori o‘rinbosari Sirojiddin Usmonov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyatida prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 2020 yil va joriy yilning o‘tgan davrida 3311ta holatda 2166 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlangan. Bugungi kunda 3075ta holatda 2198 gektar yer qaytarilishi ta'minlangan.
Fuqarolar tomonidan 8300ta holatda 1240 gektar yer maydonida noqonuniy qurilishlar qilingani aniqlanib, ulardan 1250ta holatda 320 gektar noqonuniy qurilmalar buzdirilgan. 2081 gektar yerni qaytarish va noqonuniy qurilmalarni buzdirish haqida sudlarga 7944ta da'vo arizasi kiritilgan.

Sudlar tomonidan 5162ta (1571 gektar) da'vo arizasi qanoatlantirilib, MIB tomonidan 1028ta holatda 965 gektar noqonuniy qurilmalar buzdirilgan.
Ta'kidlanishicha, yer maydonlarini talon-toroj qilish holatlari yuzasidan 80ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 134ta noqonuniy hujjatga nisbatan protest keltirilgan, 41ta taqdimnoma kiritilgan. 286 nafar mansabdor shaxs qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirilgan, 16 nafar shaxs intizomiy va 87 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid
13:40 / 09.01.2026
Samarqandda 15 yoshli bola uylangani haqidagi video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
08:50 / 25.12.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
09:23 / 17.12.2025