Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentyabrdan boshlab MDH fuqarolari uchun Rossiyaga kirish qoidalari o‘zgaradi
Joriy yilning 1 sentyabridan boshlab barcha MDH davlatlari fuqarolari uchun Rossiyaga kirish faqat maxsus ilova orqali amalga oshiriladi.
Bu haqda Rossiya Federatsiyasi bosh vazirining o‘rinbosari Aleksey Overchuk Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 1 sentyabridan boshlab barcha MDH davlatlari fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasiga kirish faqat « COVID-19’siz sayohat qil» ilovasi orqali amalga oshiriladi.
«Barcha mamlakatlarga ilovaga qo‘shilish qat'iyan tavsiya etilgan», dedi u.
27 yanvar kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin farmoyish imzoladi, unga ko‘ra YeOII mamlakatlari fuqarolari Belarus va Armaniston orqali Rossiyaga faqat koronavirus bo‘yicha salbiy test natijasi taqdim etiladigan ilova mavjud bo‘lganda kirishlari mumkin.
Ilova 2021 yil 1 fevraldan ish boshladi. U YeOII doirasida xavfsiz harakatlanish uchun yaratilgan.
Ilovada ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchiga rejalashtirilgan sayohat kunida kelish/ketish mamlakatidagi amaldagi cheklovlar va qoidalar, tasdiqlangan laboratoriyalar ro‘yxati va test topshirish uchun laboratoriyalar to‘g‘risida ma'lumot yuboriladi.
Platforma ishga tushirilgandan so‘ng, Mishustin Qozog‘iston va Qirg‘izistonni unga qo‘shilishga taklif qildi.
«Biz yaqin kelajakda Qozog‘iston va Qirg‘iziston bunga qo‘shilishiga umid qilmoqdamiz. Shuningdek, barcha hamkor davlatlar aholisi Rossiyaga kela olishiga ham imkon yaratiladi», dedi u.
Tojikiston YeOII a'zosi emas, ammo endi ushbu davlatni «Kelayotgan mamlakat» va «Ketayotgan mamlakat» ustunlarida tanlash mumkin. O‘zbekiston mamlakatlar ro‘yxatida yo‘q.
Mavzuga oid
08:46 / 16.07.2026
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026