Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya va DXX faoliyatini tartibga soladigan bir qator hujjatlarga o‘zgartirish kiritildi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.
Qaror bilan 2020 yil 18 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq quyidagi hukumat qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi:
1996 yil 27 sentyabrdagi 336-son VMQning 1-bandi 1-xatboshisiga Mudofaa vazirligi harbiy-davolash muassasalariga shartnoma asosida quyidagilarni statsionar davolash vazifasi yuklanishi bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi:
harbiy xizmatchilar, katta ofitserlarning oila a'zolari (eri, xotini, 18 yoshga to‘lmasidan oldin nogiron bo‘lib qolgan 18 yoshdan oshgan farzandlari, ta'lim muassasalarida ta'limning kunduzgi shaklida tahsil olayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan farzandlarini);
IIV, FVV, Milliy gvardiya va DXX o‘quv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlarini.
O‘zbekiston fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizomning (2003 yil 4 iyundagi 119-son VMQ bilan tasdiqlangan) 1-bandi 2-xatboshisida DXX va Milliy gvardiyaning harbiy xizmatga majburlarini ro‘yxatga olish tegishlicha DXX raisi va Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, ushbu nizomning 2-bandi 7-xatboshisida DXX va Milliy gvardiyaning harbiy xizmatga majburlarini ro‘yxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi masalalari bo‘yicha yo‘riqnomalar va boshqa NHHlar, shuningdek ro‘yxatga olish va hisobot berishning tegishli blanklari DXX va Milliy gvardiya tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2010 yil 2 apreldagi 62-son VMQga 1-ilovada Milliy gvardiya ajratmalari miqdorlarini shakllantirish manbalariga ajratmalar 25 foizi miqdoridagi pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan tashqari) uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi ham kiritildi.
Davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga (2019 yil 17 apreldagi 320-son VMQ bilan tasdiqlangan) 1-«Davlat soliq xizmati organlari maxsus unvonlarining boshqa davlat organlari unvon va martaba darajalariga nisbatan taqqoslanmasi» ilovasi Milliy gvardiya organlarining maxsus unvonlari bilan to‘ldirildi.
Shuningdek boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 11.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:26 / 25.06.2026
5 kilogrammdan ortiq gashish, marixuana va minglab dori vositalari aniqlandi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:18 / 04.06.2026