16 iyun kuni Savdo-sanoat palatasining navbatdagi qurultoyi bölib ötdi. Qurultoyda adliya vaziri Ruslan Davletov iştirok etib, Tadbirkorlik kodeksi, tadbirkorlikka oid qonunçilikdagi muammolar tahlili va ularning yeçimlari töğrisida nutq sözladi.

Adliya vazirligiga köra, vazir öz axborotida ikki asosiy masalaga töxtalib ötgan.

Birinçisi, Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilayotgan Tadbirkorlik kodeksi, ikkinçi masala esa umuman tadbirkorlikka oid qonunçilikdagi muammolar tahlili va ularning yeçimlari.

“Hamma bitta narsani tuşunişi kerakki, tadbirkorlikning asosiy mohiyati – bu foyda oliş, samaradorlik va olingan foydani yana investitsiya qilişdan iborat. Ya'ni, tadbirkor foydani qança köp olsa, şunça köp investitsiya qiladi va bu mamlakatning ösişiga xizmat qiladi. Demak, tadbirkorning ösişidan davlat manfaatdor”, dedi R.Davletov.

Bildirilişiça, Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlar uçun yagona huquqiy manba hisoblanmiş Tadbirkorlik kodeksi loyihasi işlab çiqilmoqda. Loyiha aqlli tartibga soliş (smart regulation) konsepsiyasiga muvofiq qonun ijodkorligi zamonaviy uslublaridan hisoblangan “One in two out”, BPR tamoyillari asosida işlab çiqilmoqda.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Kodeks nima uçun kerak?

Birinçidan, hozirda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvçi qonunçilik hujjatlari tarqoq holda va nihoyatda köp miqdorda qabul qilingan. Xususan, tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq 5000 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar mavjud.

Hujjatlarning nihoyatda köpligi ular örtasida kolliziyalarni keltirib çiqarişi mumkin, zarur bölgan qonunçilik hujjatini topiş hamda amalda qöllaşda qiyinçiliklarni keltirib çiqarişi tabiiy, bu esa tadbirkorlik sub'yektlari asosli e'tirozlariga sabab böladi.

“Tadbirkor işlaşi, ğoyalarini röyobga çiqarişi kerak. U faqat hujjat, katta byurokratiya içida kömilib ketsa, işini kim qiladi? Şuning uçun unga qölida bitta kompakt, tuşunarli huquqiy me'yorlar töplami zarur. Masalan, Yaponiyada tadbirkorning qölida bittagina Savdo kodeksi böladi, u faqat şunga köra öz işini olib boradi”, dedi vazir.