Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, Tadbirkorlik kodeksi loyihasi bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- kodeks loyihasi bilan yaxlit 9 ta amaldagi qonun, 2 ta yangi qonun loyihalari va 10 dan ortiq qonunosti hujjatlari birlaştirilib, tadbirkorlik faoliyatini taşkil etişdan boşlab uni tugatişgaça bölgan barça jarayonlarni tartibga solişga qaratilgan;
- ilğor xorijiy davlatlar tajribasiga asosan, tadbirkorlik sub’yektlari kiçik, örta va yirik toifalarga ajratilmoqda;
- tadbirkorlik sub’yektlarining taşkiliy-huquqiy şakllari bazasi ixçamlaştirilib, tadbirkorlar içida ommabop bölmagan “xöjalik şirkati” taşkiliy-huquqiy şakli bekor qilinmoqda;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar şuğullanişi mumkin bölmagan faoliyat turlarini belgilagan holda ularga qonunçilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oşiriş huquqi berilmoqda;
- tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solişning çegaralari hamda tartibga soliş şakllari belgilanmoqda;
- 43 ta davlat organining 146 ta nazorat funksiyalari va Biznes-ombudsmanni xabardor etiş tartibida ötkaziladigan 18 turdagi tekşiruvlar röyxatlari kodeksga ilova sifatida tasdiqlanmoqda. Bunda röyxatga kiritilmagan barça tekşiruvlar Biznes-ombudsman bilan kelişilgan tartibda amalga oşirilişi belgilanmoqda;
davlat nazoratining 4 ta şakli belgilanib, şundan faqat ma’lumotlarni tahlil qiliş va tekşiruvda aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir çorasi qöllanilişi belgilanmoqda. Bunda:
- moliyaviy sanksiyalar sud tomonidan qöllaniladi (bundan soliqqa tortiş va bank sohalaridagi sanksiyalar mustasno);
- bir xil turdagi huquqbuzarlik uçun tadbirkorlik sub’yektiga moliyaviy sanksiya va uning mansabdor şaxsiga ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan hollarda, faqat moliyaviy sanksiya qöllaniladi;
- birinçi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik sub’yektlari uşbu qonunbuzilişni bartaraf etiş töğrisidagi körsatmani bajargan, şuningdek, yetkazilgan zararni qoplagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qöllanilmaydi;
- barça talablarni öz içiga olgan Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar reyestri hamda tadbirkorlik sub’yektlari uçun imtiyozlarning yagona reyestrini şakllantiriş va oşkor etiş nazarda tutilmoqda. Bunda Majburiy talablar reyestriga kiritilmagan talablar böyiça javobgarlik belgilaş taqiqlanmoqda;
- qöşimça majburiyatlarni yuklaşni nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjatlarga qabul qilingandan keyin bir yil davomida özgartiriş va qöşimçalar kiritiş taqiqlanadi (yengillaştiruvçi normalardan taşqari);











