«Bugungi kunda qişloq xöjaligi yerini tadbirkorga ajratiş mumkin emas. Suğoriladigan yerlar faqat prezident qarori asosida berilişi kerak.
Nima qiladi – toifani ham almaştirib qöyadi. «Bu yerni qişloq xöjaligidan noqişloq xöjaligi yeriga ötkazamiz», deydi-da, bitta qaror bilan yer toifasini almaştirib, keyin berib yuboradi», – deydi Ruslan Davletov.
Vazir şunga öxşaş «tirqiş»lar farmon bilan yopilayotganini hamda suğoriladigan yerni ajratişni prezident darajasiga olib çiqiş orqali uşbu toifa yerlarni saqlab qoliş möljallanayotganini bildirdi.
Uning qöşimça qilişiça, respublikada oxirgi 15 yilda suğoriladigan yerlar aholi jon boşiga 24 foizga kamaygan, ya'ni avval bir kişiga 0,23 ga yer töğri kelgan bölsa, hozirda bu körsatkiç 0,16 gani taşkil etadi.
Ma'lumot uçun, yuqoridagi farmon bilan mahalliy davlat hokimiyati organlarining suğoriladigan yerlarni suğorilmaydigan yerlar toifasiga yoki boşqa yer toifasiga, suğorilmaydigan qişloq xöjaligi yerlarini boşqa yer toifasiga ötkaziş vakolatlari hamda bu böyiça qaror, farmoyiş yoki boşqa turdagi hujjat qabul qiliş huquqi 2021 yil 1 avgustdan bekor qilinmoqda.









