Oliy Majlis Senatining 15 avgustdagi yiğilişida Tadbirkorlik kodeksi ma’qullandi.

Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soliş bilan boğliq 5000 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar mavjud. Hujjatlarning nihoyatda köpligi ularni amalda qöllaşda qiyinçiliklarni keltirib çiqarişi mumkin, bu esa tadbirkorlik sub’yektlarining asosli e’tirozlariga sabab böladi. 

Şu nuqtai nazardan, Tadbirkorlik kodeksiga 100 dan ortiq qonunçilik hujjatlari, jumladan 9 ta qonun birlaştirilyapti.

1. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida»gi qonun;

2. «Xöjalik yurituvçi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qiliş töğrisida»gi qonun;

3. «Dehqon xöjaligi töğrisida»gi qonun;

4. «Fermer xöjaligi töğrisida»gi qonun;

5. «Xususiy korxona töğrisida»gi qonun;

6. «Oilaviy tadbirkorlik töğrisida»gi qonun;

7. «Firma nomlari töğrisida»gi qonun;

8. «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati töğrisida»gi qonun;

9. «Xöjalik şirkatlari töğrisida»gi qonun.

Kodeksda «kiçik», «örta» va «yirik» biznes mezonlari orqali tadbirkorlik sub’yektlari toifalarga ajratiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar şuğullanişi mumkin bölmagan faoliyat turlarini belgilagan holda, ularga qonunçilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oşiriş huquqi berilmoqda (hozirda ular 88 ta faoliyat turi bilan şuğullanişi mumkin).

Tadbirkorlik faoliyatiga aralaşuvlarni kamaytiriş maqsadida 38 ta davlat organining 147 ta nazorat funksiyalari va Biznes ombudsmanni xabardor etiş tartibida ötkaziladigan 20 turdagi tekşiruvlar röyxatlari kodeksning ilovasida tasdiqlangan.

Röyxatga kiritilmagan barça tekşiruvlar esa Biznes ombudsman bilan kelişilgan tartibda amalga oşiriladi.

Davlat nazoratining 4 ta şakli belgilanib, şundan faqat ma’lumotlarni tahlil qiliş va tekşiruvda aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir çorasi qöllanilişi belgilanyapti.

Bunda: