Jahon | 16:11 / 20.06.2021
4177
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda koronavirusga qarshi bir milliard dozadan ortiq vaksina qo‘llandi

Butun dunyodagi koronavirusga qarshi emlanganlarning uchdan bir qismi Xitoyga to‘g‘ri keladi.

Foto: China Daily via REUTERS

Xitoyda bir milliard dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qo‘llandi - butun dunyodagi emlanish holatlarining uchdan bir qismi ushbu mamlakatga to‘g‘ri keladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ma'lumot berilishicha, Xitoy hukumati iyulgacha aholining 40 foizini to‘liq emlashni rejalashtirgan.

Mamlakat sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga ko‘ra, 2021 yil oxirigacha aholining 70 foizini to‘liq emlab bo‘lish asosiy maqsad hisoblanadi.  

Hindcha shtamm aniqlanganidan so‘ng Xitoyda vaksinatsiya sur'ati tezlashdi. Xitoyliklarga Sinopharm va Sinovac vaksinalari taklif qilinmoqda, har ikki vaksina ikki dozadan iborat.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid