Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning yangi prezidenti korrupsiya va qashshoqlikka qarshi kurashishga va'da berdi
Ibrohim Raisiyning so‘zlariga ko‘ra, "ishbilarmonlik holati, odamlar hayoti va hukumatdagi vaziyatni yaxshilash, ma'muriy tizim islohoti va byurokratiyani yo‘q qilish hukumatning ustuvor vazifasi bo‘ladi".
Eronning saylangan prezidenti Ibrohim Raisiy eronliklar o‘zgarishlarni, korrupsiyaga qarshi kurashish va turmush tarzi yaxshilanishini talab qilayotgani hamda yangi hukumat bu talabni bajarishini aytdi.
"Eron xalqining talabi – o‘zgarishlar. Eron xalqining talabi – korrupsiya, qashshoqlik va diskriminatsiyaga qarshi kurash hamda adolatga erishish", - dedi u.
Raisiyning qo‘shimcha qilishicha, "bu talab yangi hukumat tomonidan eshitilishi shart".
Uning so‘zlariga ko‘ra, "ishbilarmonlik holati, odamlar hayoti va hukumatdagi vaziyatni yaxshilash, ma'muriy tizim islohoti va byurokratiyani yo‘q qilish hukumatning ustuvor vazifasi bo‘ladi".
Eronda prezidentlik saylovi 18 iyun kuni o‘tkazildi. Unda Raisiy 62 foizga yaqin ovoz bilan g‘olib chiqdi.
Mavzuga oid
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
20:20 / 15.07.2026
Tramp Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalarini portlatish bilan tahdid qildi
09:40 / 14.07.2026