Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirigan kartoshka urug‘i olgan 404 nafar fermer appelyatsiya sudida ham yutdi

Foto: KUN.UZ
Samarqand viloyat sudining jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati 2021 yil 21 iyun kuni «EGOIST AST» MChJ mansabdorlari bergan appelyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqdi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga Yakkabog‘ tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bosh mutaxassisi G‘iyosiddin Muhammadiyev xabar berdi.
G‘.Muhammadiyevning xabariga ko‘ra, «EGOIST AST» MChJ bilan urug‘lik kartoshka olish bo‘yicha shartnoma tuzib, natijada xuquqi buzilgan Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlaridagi jami 404 nafar fermer xo‘jaliklari foydasiga chiqarilgan JIB Payariq tuman sudi hukmi to‘g‘ri chiqarilgan deb topildi. «EGOIST AST» MChJ mansabdorlari bergan appelyatsiya shikoyati rad etildi.
Ma'lumot uchun, joriy yil 17 aprel kuni JIB Payariq tuman sudida raislik etuvchi Sh.Sharipov zarar ko‘rgan 404 nafar fermer xo‘jaliklari foydasiga 13 milliard 444 million 603 ming 500 so‘m undirish to‘g‘risida sud hukmi chiqargandi.
Kun.uz chirigan kartoshka urug‘i tarqatganlik masalasini avvaldan kuzatib kelmoqda. Avvaliga chirigan kartoshka urug‘i tarqatilayotganlik to‘g‘risida video tayyorlangandi.
Undan keyin ikkala tomon o‘zini oqlagandi.
Shu voqealar asnosida bosh prokuratura fermerlarga chirigan kartoshka urug‘ini o‘tkazgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgandi.
Birinchi sudda ayblanuvchilar zararni qoplamasdan ozod etilgan bo‘lsa, 3-4 noyabr kunlari Qarshi tumanlararo sudida 14 nafar fermerni foydasiga hukm chiqarilgandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

21:56 / 19.07.2025
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev

16:03 / 16.07.2025
Deputatlar dala chetlariga ekin ekishga oid bahsli qonunni o‘zgarishlar bilan qabul qildi

09:25 / 11.07.2025