«Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati, Transport vazirligi va boşqa qator manfaatdor taşkilotlar taklifiga binoan respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra yönalişli avtobus haydovçilari (konduktorlari) va metro kuzatuvçilari niqobsiz bölgan şaxslarni transport vositalari saloniga çiqarmaslik (kiritmaslik) çoralarini körişi belgilandi.
Şuningdek, muntazam ravişda mikrofon orqali şaxslarning mas'uliyatini oşiriş böyiça tuşuntiriş işlari olib borilişi, jamoat transportlarining oxirgi bekatida dezinfeksiya-tozalaş işlari amalga oşirilişi zarurligi közda tutilmoqda.
Temir yöl vokzallari va aeroportlarda esa sanitariya-epidemilogiya talablariga amal qilinişi qat'iy nazoratga olinişi, şu jumladan, dezinfeksiya va tozalaş tadbirlari muntazam ravişda yölga qöyilişi ta'minlanadigan böldi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi xabarida.
Koronavirus tarqalişiga qarşi qabul qilingan çora-tadbirlarga köra, endi sanatoriy, pansionat va bolalar oromgohlariga boriş uçun PsR-test tahlilining manfiy natija qayd etilgan ma'lumotnomasi talab etiladi.
«Endilikda taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'iy nazar alohida körsatma bölgunga qadar fuqarolarni sanatoriy, pansionat va bolalar oromgohlariga qabul qilişdan oldin oxirgi 72 soat davomida topşirilgan PZR tahlili talab etilişi tartibi joriy etiladi», deyiladi vazirlik xabarida.
PsR-test uşbu muassasalardan biriga kelişdan avval 72 soat içida amalga oşirilişi kerak.
Bundan taşqari, Özbekistonda koronavirusga qarşi emlanuvçilar guruhi yana kengaydi. Endilikda 50 yoş va undan kattalar bepul vaksina olişi mumkin. Şuningdek, oliy ta'lim muassasalari professor-öqituvçilarini xavf osti guruhiga mansub aholi qatlami qatorida bosqiçma-bosqiç Davlat budjeti mablağlari hisobidan emlaş tadbirlarini jadallaştiriş böyiça körsatmalar berilgan.
Özbekistonda iyun oyining ikkinçi ön kunligidan kasallaniş holatlari ösa boşladi, dastlab kunlik holatlar soni muntazam ravişda 300dan oşiq böldi, sönggi kunlarda esa bu körsatkiç 400dan kam bölmayapti.
Bundan avvalroq Özbekistonning Afğoniston bilan çegarasi koronavirus sabab yopilişi ma'lum qilingandi.













