Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX katta miqdordagi giyohvand moddalarni musodara qildi
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo va Samarqand viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir davomida “Surxondaryo - Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi “Umakay” YPX maskanida to‘xtatildi.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaroning yonida 3 kg 363 gr “opiy” giyohvand moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Boshqa bir holatda esa DXX xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Mineral suvlar” YPX maskanida Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Neksiya 3” rusumli avtomashina to‘xtatildi.
Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 5 kg “opiy” giyohvand moddasi borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.
DXXning Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan DBQ xodimlarini jalb etgan holda O‘rta Chirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bekobod shahrida yashovchi shaxslar - 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro hamda muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan 1990 yilda tug‘ilgan shaxs 492 gr “gashish” moddasini 50 mln so‘mga sotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.
Har uchala holatda ham narkotik moddalar mamlakatga Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:08 / 28.12.2025
Qoraqalpog‘istonda soliq boshqarmasi ikki xodimi ushlandi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
19:24 / 20.12.2025
Sirdaryo tumanida psixotrop va giyohvandlik moddalari muomalaga kiritilishining oldi olindi
08:59 / 20.12.2025