O‘zbekiston | 10:06 / 24.06.2021
26933
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar o‘sishda davom etmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 442 kishida kasallik qayd etilib, 400ga yaqin bemor tuzalgani, bir nafar bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 23 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 107708 (+442) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Mamlakatda yangi kasallanish holatlari soni kundan kunga oshmoqda, so‘nggi marta may oyi boshida 442tadan yuqori holat (+452) qayd etilgandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 12 nafari Andijon viloyatida,
  • 17 nafari Buxoro viloyatida,
  • 31 nafari Jizzax viloyatida,
  • 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 10 nafari Namangan viloyatida,
  • 86 nafari Samarqand viloyatida,
  • 9 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 33 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 18 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 16 nafari Xorazm viloyatida,
  • 46 nafari Toshkent viloyatida,
  • 138 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 10 nafar,
  • Jizzax viloyatida 23 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
  • Navoiy viloyatida 5 nafar,
  • Namangan viloyatida 8 nafar,
  • Samarqand viloyatida 45 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 11 nafar,
  • Xorazm viloyatida 21 nafar,
  • Toshkent viloyatida 64 nafar,
  • Toshkent shahrida 201 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 103472 (+398) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 723 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3513 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid