AQŞ Savdo vakilligi tomonidan tayyorlangan sxema böyiça 18 davlat bilan bosqiçma-bosqiç muzokaralar olib boriş niyatida, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ).
Reja tarif siyosatini yumşatişni muhokama qiliş maqsadida işlab çiqilgan. Bu bojlar va kvotalar, tarifsiz savdo tösiqlari, raqamli savdo, tovarlarning kelib çiqişi, iqtisodiy xavfsizlik kabi toifalarga ta’sir qiladi, dedi naşr manbalari, keyinçalik hujjat özgarişi mumkin.
Uşbu sxemaning bir qismi sifatida AQŞ ayrim mamlakatlar uçun talablarni belgilaydi; yirik savdo hamkorlari bilan ikki oy davomida muzokaralar olib boriladi. Muhokamalar 8 iyul kuni, prezident Donald Tramp boşqa davlatlarga nisbatan keng kölamli tariflarni joriy etişni keyinga surgan 90 kunlik muddat tugaşi bilan boşlanadi. AQŞ pauzani uzaytiradi yoki agar tomonlar kelişuvga erişa olmasa, tariflar kuçga kiradi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt avvalroq ma’muriyat savdo hamkorlaridan 18 ta taklif olganini, hozir ular körib çiqilayotganini aytdi. U qaysi davlatlar ekaniga aniqlik kiritmadi. WSJ naşrining yozişiça, 90 kunlik pauza ta’sir qilmagan Meksika va Kanada hamda eng qattiq çoralar nişoniga aylangan Xitoy muzokaralarda qatnaşişi dargumon: Vaşington Pekinga qarşi bir neça marta tariflar joriy qildi va ular 145 foizga yetdi. Pekin bunga javoban Amerika mahsulotlariga tariflarni 125 foizga oşirdi va ba’zi foydali qazilmalar eksportiga çeklovlar kiritdi.
WSJ ma’lumotlariga köra, Tramp ma’muriyati Xitoyga boj tölovlarini 50-65 foizgaça tuşirişni körib çiqmoqda. Uning özi agar Pekin «muhim» narsani taklif qilmasa, tariflarni bir tomonlama yumşatmasligini aytdi.











