Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nur-Sultonda karantin choralari kuchaytirildi
Davlat organlari, milliy kompaniyalar, korxonalar ma'muriy xodimlarining kamida 80 foizini masofadan ishlashga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Nur-Sultonda karantin choralari kuchaytirildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz.
Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston poytaxti bosh sanitar vrachi Sarxat Beysenova bu boradagi tegishli farmoyishni imzolagan.
Farmoyishga ko‘ra, ommaviy tadbirlar o‘tkazishga cheklov kiritilgan.
Bouling-markazlar, kompyuter va Play Station-klublari, kinoteatrlar, bilyard va karaoke zallari, tungi klublar hamda yopiq binodagi boshqa ko‘ngilochar maskanlarga borish taqiqlangan. Ashyq loyihasida qatnashuvchi obektlar uchun ushbu talab istisno qilingan.
Jamoat joylari, jamoat transportida niqob taqish va ijtimoiy masofaga qat'iy rioya qilinishi belgilangan.
Bundan tashqari, davlat organlari, milliy kompaniyalar, korxonalar ma'muriy xodimlarining kamida 80 foizini masofadan ishlashga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Oliy o‘quv yurtlari va kollej talabalarining bitiruv imtihonlari masofaviy rejimda o‘tkaziladi.
Umumiy ovqatlanish obektlari kuchaytirilgan sanitariya choralari va ijtimoiy masofa rejimiga amal qilgan holda ishlashi belgilandi.
Yangi qoidalar 27 iyundan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
20:53 / 25.01.2026
Koreyaga kirishda karantin talablari kuchaytirildi
12:32 / 02.10.2025