Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda bug‘doyi o‘rib olingan g‘alla maydoni yonib ketdi
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida bug‘doyi o‘rib olingan g‘alla maydoni yonib ketgan. Bu haqda tuman FVB xabar bermoqda.
- Ma'lum qilinishicha, kecha, 2Z iyun kuni soat 16:43larda Ishtixon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 12-KYoKK navbatchilik qismiga Ishtixon tuman «Murodobod» MFY Asad qishlog‘ida joylashgan fermerga tegishli bug‘doyi o‘rib olingan g‘alla maydonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Shundan so‘ng, soat 16:55da yong‘in yuz berayotgan joyga Ishtixon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limidan 2 ta yong‘in o‘chirish ekipaji yetib borgan va yong‘in bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida, Ishtixon tuman Murodobod mahallasi Yangi obod qishlog‘ida yashovchi fuqaroga tegishli fermer xo‘jaligining 3 gektar bug‘doyi o‘rib olingan maydonidagi somon yonib ketgan. 1 gektar bug‘doyi o‘rilmagan va yana 3 gektar o‘rilgan maydon saqlab qolingan
Hozirda, mazkur yong‘inning kelib chiqish sabablari yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:39 / 22.01.2026
Zarafshonda savdo do‘konlarida yong‘in: 7 ta do‘kon zarar ko‘rdi
13:30 / 21.01.2026
Shayxontohur tumanida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
08:50 / 14.01.2026