Samarqandda zo‘rlangan 19 yoshli qiz voqeasi bo‘yicha prokuraturada brifing o‘tkazildi
23 may kuni Past Darg‘om tumanidagi tekstil korxonalaridan birida ishlovchi 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlangani, keyinroq voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lum qilinishicha, tumandagi tekstil korxonalaridan birida ishlagan 19 yoshli qiz M.B. ish vaqtida zo‘rlangan. Qizning aytishicha, u o‘sha kuni tungi navbatchilikda ishlayotgan bo‘lgan. Korxona ustasi kelib, undan tashqariga chiqishni so‘ragan. So‘ng qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, mashinada korxona yaqinida joylashgan qurilishi bitmagan bino oldiga olib borgan va o‘sha yerda mashina ichida zo‘rlab, nomusiga tekkan.
Mazkur holat yuzasidan gumondor 28 yoshli F.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mazkur masala 23 iyun kuni viloyat prokurori Ravshan Masharipov va senator Farmon Toshev boshchiligida, viloyat prokuraturasi va IIB rahbarlarining sohaviy o‘rinbosarlari, tarmoq rahbarlari, IIB tergovchilari, jabrlanuvchi, ayblanuvchi, ularning vakillari va himoyachilari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokidagi brifingda muhokama qilindi.
Brifingda viloyat prokurori Ravshan Masharipov mazkur voqeadan telekanallardan birida ko‘rsatilgan lavha orqali voqif bo‘lgani, ishni o‘z nazoratiga olganini aytib o‘tdi. So‘ngra jinoyat ishi bo‘yicha tergov qanday tashkil etilgani masalalariga to‘xtaldi.
Yig‘ilishda viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasi mas'ul rahbarlari mazkur holat yuzasidan jinoiy ish ochilishi tafsilotlari va gumondorni ushlash, tergovning ketishi borasida umumiy tarzda ma'lumot berib o‘tishdi.
Samarqand viloyat prokuraturasi bo‘lim katta prokurori Zohid Burhonov ushbu jinoyatni ro‘yxatga olish va tergov olib borishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni sanab o‘tdi.
Ushbu brifing yuzasidan Samarqand viloyat prokuraturasi matbuot xizmati ham rasmiy munosabatini e'lon qildi.
«Aybdor aniq bo‘lsa-da, holat ijtimoiy tarmoqlarda yoritilganidan so‘ng ayblanuvchiga nisbatan 21 iyun kuni ehtiyot chorasi tanlangan.
Viloyat prokurori tomonidan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini davom ettirish prokuratura organlari tergovchilariga topshirilib, shahar IIB xodimlarining harakatlari bo‘yicha Ichki ishlar vaziri nomiga xizmat tekshiruvi tayinlandi va ish prokurorning shaxsiy nazoratiga olindi», — deyiladi munosabatda.
Avval Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi boshlig‘i Damir Sultonov, so‘ngra viloyat Tergov boshqarmasi boshlig‘i Ramazon Ashrapov holat yuzasidan belgilangan tartib va qoidalardan chiqmagan holda ish olib borilganini ta'kidlab o‘tishdi.
Brifingda jabrlanuvchiga so‘z berildi. U o‘sha kungi voqealardan so‘ng o‘zining ruhiy holati yomonlashganini aytib, voqea odilona tergov qilinishida yordam so‘radi.
Voqeadan 27 kun o‘tib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan gumondor ham qiz tuhmat qilmayotgani, voqea bo‘lib o‘tganini tan oldi. Gumondorning advokati esa voqea OAVda bir tomonlama yoritilib, aybsizlik prezumpsiyasiga rioya qilinmagani borasida o‘z e'tirozini bildirdi.
Har ikki tomondan yangragan e'tirozlarga nisbatan viloyat prokurori barcha masalalar bo‘yicha sud o‘zining adolatli bahosini berishini tushuntirdi.
«Zarafshon» gazetasi bosh muharriri, senator Farmon Toshev jinoyat ishlarini ochish va tergov qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik, bu xalq ishonchining yo‘qotilishiga olib kelishi mumkinligi, bunday jinoyatlarni tergov qilish prokuratura organlariga qaytarilishi kerakligi haqida gapirib o‘tdi.
Yig‘ilishda ommaviy axborot vositalari ham jamoatchilik nazorati o‘rnatilishida prokuratura va ichki ishlar idoralariga yaqindan yordam berayotgani e'tirof etildi. Shuningdek, nomusga tegish bilan bog‘liq jinoyatlarni yoritishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, bu hol jamoatchilikda boshlang‘ich noto‘g‘ri taassurot uyg‘onishiga sabab bo‘lishi ham aytib o‘tildi.
Shuhrat Shokirjonov
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Jahon | 23:42
-
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi
Jamiyat | 23:22
-
Fransiya Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportlarini tan olishni to‘xtatadi
Jahon | 23:00
-
25 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:33
Mavzuga oid

19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

12:04 / 05.04.2025
«Jinoyat tarkibi aniqlanmadi» – Uzun tumanida so‘roqqa olib ketilgan fuqaro vafot etgani yuzasidan tekshiruv yakunlandi

21:14 / 24.03.2025