Turli masalalarda jamoatçilik faollarining fikrlarini berib borayotgan Kun.uz bu gal plyuralizm mavzusiga murojaat qildi.

Mavzu yuzasidan ta'lim, sotsiologiya va menejment sohasi vakillari öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

“Dunyoning rivojlangan davlatlarida fikrlar xilma-xilligini ta'minlaş siyosati ketyapti”

Nodira Isamuhammedova, Buyuk Britaniyaning Lids universiteti magistri, filologiya fanlari nomzodi, onlayn ta'lim böyiça mutaxassis:

VREyYvI43Cy3WYK3xHFScRkixL-9M8ll.jpg (1280×957)

— Insonlarni ma'lum bir qolipga solişni heç bir zamonda heç bir jamiyat uddasidan çiqmagan. Hammamiz insonmiz va bir-birimizni, eng avvalo, özligimizni anglaşimiz uçun ham turliçamiz.

Albatta, turli davrlarda, turli elatlarda barçani bir xil fikrlaşga majburlaş holatlari bölgan. Masalan, örta asrlarda. Yevropada inkvizitsiya, Şimoliy Amerikadagi tub hindu qabilalarini ovröpalaştiriş, sovet tuzumida ateizmni singdiriş va boşqalar. Ammo bu harakatlarning barçasi samarasiz, mantiqsiz fojialarga sabab bölgan.

Hozirgi kunda bulardan saboq olgan dunyoning rivojlangan davlatlari fikrlar hilma-xilligini tarğib qilişni davlat siyosati darajasiga kötarişgan. Globallaşuv davrida heç bir millat yoki davlatning dunyo hamjamiyatidan uzilgan holda yaşay olmasligini teran anglab, barça insonlar bir birlarini yaxşiroq bilişga harakat qilmoqda.

Bugun jamiyat kalta yubka, kalta paypoq, soqol, römol kabi mayda masalalarga öralaşib qolyapti. Özimizga özimiz tazyiq ötkazyapmiz. Biroq jamiyat a'zolari şu jamiyatda özini erkin his etib, özaro hurmatda, komillikka intilib yaşaşi zarur.

Madaniy, ijtimoiy, irqiy, diniy va boşqa jihatlari böyiça farqli insonlarga nisbatan diskriminatsiyaga qarşi kuraşiş, tolerantlik, bağrikenglik tuşunçalarini anglaş va amalda qöllaş böyiça maktabda, oliy ta'lim muassasalarida hamda aholi örtasida tarğibot-taşviqot işlarini olib boriş kerak.

“Globalizatsiya jarayonida odamlarni ma'lum qolipga solişning imkoni yöq”

Zavqiddin Gadoyev, sotsiolog: