Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh dronlari “Tolibon” pozitsiyalariga zarba berdi
Qayd etilishicha, operatsiya AQSh prezidenti Jo Bayden va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvdan bir necha soat avval o‘tkazilgan.
Afg‘oniston shimolida AQSh qurolli kuchlari dronlar yordamida “Tolibon” harakati pozitsiyalariga zarba berdi. Bu haqda Pentagon vakiliga tayanib Fox News xabar qilmoqda.
Ma'lumot berilishicha, zarbalar natijasida Bog‘lon va Qunduz viloyatlarida qator jangarilar yo‘q qilingan.
Telekanalning qayd etishicha, operatsiya AQSh prezidenti Jo Bayden va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvdan bir necha soat avval o‘tkazilgan.
Keyingi vaqtda Afg‘onistonda vaziyat keskinlashdi.
BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchisi Debora Layonsning BMT Xavfsizlik Kengashiga taqdim etgan ma'lumotlariga ko‘ra, Kobuldagi hukumat tumanlarning 50dan ortig‘ini qo‘ldan chiqargan, “Tolibon” so‘nggi paytlarda hujumlarga zo‘r berdi.
Bu hafta “Tolibon” Tojikiston chegarasidagi joylashgan Sherxon-Bandar shahrini egallab oldi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026