Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketadi
Polsha Afg‘onistondagi 20 yillik harbiy faoliyatini tugatadi. Barcha harbiy xizmatchilarni shu oy oxirigacha olib chiqish rejalashtirilgan.
Bu haqda Polsha prezidenti Anjyey Duda 24 iyun kuni o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qilgan.
Uning ta'kidlashicha, aprel oyida NATO ittifoqchilari Afg‘onistondagi harbiy kuchlarni AQSh bilan birgalikda 11 sentyabrga qadar olib chiqishni kelishib olishgan.
«Ittifoqchilar bilan kelishuvga muvofiq, biz Polsha harbiy kontingentining Afg‘onistondagi missiyasini uzaytirmaslikka qaror qildik. Iyun oyi oxiridan boshlab biz NATOning tarixdagi eng yirik operatsiyasida ishtirok etishni to‘xtatamiz», degan Polsha prezidenti o‘z Twitter sahifasida.
Ma'lumot uchun, Polsha harbiylari 2001 yildan beri Afg‘onistondagi missiyalarda qatnashib kelmoqdalar.
AQSh prezidenti Jo Bayden ham Afg‘onistondan qo‘shinlarini 2021 yil 11 sentyabrgacha olib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilganini e'lon qilgandi. Xalqaro kuchlar mamlakatni tark eta boshlaganidan keyin «Tolibon»ning harakatlari faollashdi va bir nechta hududlarni egallab oldi.
Mavzuga oid
20:40
Birodar O‘zbekiston bo‘yicha pozitsiyamiz aniq – Kobul O‘zbekiston haqidagi xabarlarni rad etdi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
10:45 / 29.06.2026