Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan yiqilib, halok bo‘ldi
Rossiyada 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan yiqilib, halok bo‘ldi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan bayonot berdi.
Qayd etilishicha, 1998 yilda Camarqand viloyatida tug‘ilgan A.Fayziyev Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevoloj tumanidagi qurilish korxonasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan.
Joriy yilning 17 iyun kuni ish vaqtida texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganligi sababli balandlikdan yiqilib tushgan va oradan 4 kun o‘tib, 21 iyun kuni shifoxonada vafot etgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ish beruvchi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida A.Fayziyevning jasadini vatanga qaytarish va kompensatsiya pullarini to‘liq undirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi tomonidan marhumning jasadi bugun, 25 iyun kuni Sankt-Peterburg - Toshkent yo‘nalishida vatanga olib kelindi.
Bugungi kunda baxsiz hodisa yuzasidan Rossiyaning huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan jinoyat ishi ochilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:33 / 17.07.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha barcha masalalarni hal qilgani aytildi
10:42 / 17.07.2026
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40 / 17.07.2026
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49 / 17.07.2026