Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yadro obektlari haqidagi ma'lumotni AEXAga bermasligini aytdi
Eron yadro obektlari haqidagi ma'lumotni Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlikka (AEXA) bermaydi. Bu haqda Eron parlamenti spikeri Muhammad G‘olibof ma'lum qildi.
«AEXA bilan kelishuv muddati tugadi va biz yadro obektlari hamda ularning kuzatuv kameralaridan olingan axborotni agentlikka bermaymiz», deb ma'lum qilgan G‘olibof.
25 iyunda AEXA Tehron Erondagi yadro obektlarida monitoring olib borish bo‘yicha texnik kelishuvni uzaytirish masalasi bo‘yicha zudlik bilan javob berishi kerakligini aytgan. Ushbu kelishuv muddati 24 iyunda yakunlangan. Agentlik bosh direktori Rafael Grossining ta'kidlashicha, Eronning yadro sohasidagi faoliyati haqida ma'lumot to‘plashni davom ettirish hayotiy muhim masala hisoblanadi.
May oxirida AEXA va Eron texnik kelishuvni 3 oyga uzaytirgan. Bu boradagi dastlabki kelishuvga Eronda AEXA bilan kafolat haqidagi bitimga qo‘shimcha protokol ijrosini to‘xtatuvchi yangi qonun qabul qilingandan keyin 23 fevralda erishilgan. Ushbu qonun qabul qilinishi ortida xalqaro agentlik Eron yadro obektlaridagi kuzatuv kameralaridan ma'lumot olish imkonidan mahrum bo‘lgan. Tehronda AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilmasa, unda 3 oydan keyin kameralardan olingan axborot o‘chirib tashlanishi aytilgan.
Mavzuga oid
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
20:20 / 15.07.2026
Tramp Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalarini portlatish bilan tahdid qildi
09:40 / 14.07.2026