Jahon | 22:38 / 28.06.2021
6553
1 daqiqa o‘qiladi

Finlandiyada Rossiyadan qaytib kelgan 300 nafar futbol muxlisida koronavirus aniqlandi

14 iyundan keyin mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgan. Aniqlangan holatlarning 33 foizi xorijga borib kelganlarda qayd etilgan.

Sankt-Peterburgdagi Yevro2020 o‘yinlaridan qaytib kelgan futbol muxlislarining 300 nafarida koronavirus aniqlandi, deb xabar berdi Yle nashri.

Qayd etilishicha, Finlandiya ijtimoiy ta'minot va sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilgan. Rossiyadan qaytib kelganlarga esa koronavirusga test topshirish aytilgan.

Vazirlikning bildirishicha, 14 iyundan keyin mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgan. Aniqlangan holatlarning 33 foizi xorijga borib kelganlarda qayd etilgan. 16 iyundan 23 iyungacha 570 kishida koronavirus aniqlangan.

Finlandiya milliy jamoasi Sankt-Peterburgda Belgiya (0:2) va Rossiyaga (0:1) qarshi o‘yin o‘tkazdi.

Sankt-Peterburgning o‘zida esa 14 iyundan buyon koronavirus yuqtirish holatlari kuniga oshmoqda. Oxirgi sutkada shaharda 1335 kishida virus aniqlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid