Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentning joriy haftadagi ish rejasi ma'lum qilindi
Shavkat Mirziyoyev shu hafta respublika hududlaridan biriga amaliy tashrif bilan boradi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun o‘tkazilgan an'anaviy brifingda boshlangan haftada davlat rahbari ishtirokida qanday tadbirlar rejalashtirilgani to‘g‘risida ma'lumot taqdim etdi.
“Bu haftada ham hududlarga tashrif va ko‘plab yig‘ilishlar bo‘lishi kutilmoqda.
Bugun Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat O‘ktay bilan uchrashuv, mis ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘ladi.
Seshanba kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, payshanba kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Davlatimiz rahbari 30 iyun kuni O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi doirasida yoshlar bilan uchrashadi.
Hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan. Bu haqida qo‘shimcha tarzda batafsil ma'lumot beramiz”, deydi Sherzod Asadov.

Qayd etilishicha, bular haqida O‘zbekiston prezidentining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida hafta davomida xabar berib boriladi.
Mavzuga oid
16:52 / 10.06.2026
Sherzod Asadov Moskvada Sergey Kiriyenko va Dmitriy Peskov bilan uchrashdi
19:14 / 21.12.2025
Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi davomida 12 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvlarga erishildi
22:02 / 20.11.2025
Sherzod Asadov Euronews direktorlar kengashi raisi bilan uchrashdi
21:28 / 27.10.2025