Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning eng yirik yuk tashuvchi aviakompaniyasi Belarusni chetlab ucha boshladi
Bu Yevropa Ittifoqi, Britaniya va AQSh Belarus kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritgandan keyin yuz berdi.
Rossiyaning eng yirik yuk tashuvchi aviakompaniyasi «Volga-Dnepr» Belarus ustidan uchishdan voz kechdi. Bundan parvozlar ortidan kuzatuv olib boruvchi FlightRadar24 portali ma'lumotlari darak bermoqda.
«Biz haqiqatan ham parvozlarimiz uchun Belarus havo hududidan vaqtincha foydalanmaslikka qaror qildik», degan kompaniya vakili.
U bu vaziyat yuzasidan boshqa izoh berishdan bosh tortgan.
Rossiya aviakompaniyasi Yevropa Ittifoqi, Britaniya va AQSh Belarus kompaniyalari, jumladan, aeronavigatsiya xizmatlari provayderi «Belaeronavigatsiya»ga qarshi sanksiyalar kiritgandan keyin Belarus ustidan parvozlardan voz kechgan. Bundan tashqari, Britaniya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi ushbu provayder bilan hamkorlik qilishni taqiqlab qo‘ygan.
«Volga-Dnepr»ga yaqin manbaning ta'kidlashicha, kompaniya barcha xalqaro qoidalarni so‘zsiz bajargani sababli yuqoridagi taqiqlovga amal qilmoqda.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026