Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya vitse-prezidenti shu hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi
25 iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olg‘an Bekarni qabul qildi.
Suhbat davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, shu hafta Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘ktayning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi hamda O‘zbek-turk biznes-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tadbirlar doirasida ikki tomonlama hujjatlarning yirik to‘plamini imzolash rejalashtirilgani va ularning amalda joriy etilishi O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari yanada rivojlanishiga yangi turtki berishi ta'kidlandi.
Qo‘shma investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqishni nazarda tutgan holda kutilayotgan tadbirlar kun tartibini amaliy mazmun bilan to‘ldirish bo‘yicha yaqin hamkorlik qilishga kelishildi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026