Xitoy boşlab bergan «Buyuk olovli dever» (Great Firewall) siyosati ortidan Rossiyada ham «Roskomnadzor» internet tarmoqlari ustidan nazorat kuçaytirildi. Bundan közlangan maqsad Uçinçi sanoat inqilobining «yoqilği»si bölgan ma'lumotni mamlakat hududida saqlab qoliş edi. Bu kabi harakat hozirgi kunga kelib «buyuk davlat»lardan taşqari rivojlanayotgan davlatlarda ham kuzatilmoqda.
Ma'lumotlar bazasi ustidan nazoratni örnatiş köplab hukumatlarning maqsadiga aylanib ulgurdi. Hukumatlar tomonidan uşbu «internetni bolqonlaştiriş» siyosatiga asosiy turtki bu ijtimoiy va iqtisodiy hayotga yangi omil – sun'iy aqlning jadallik bilan kirib kelişidir. Sun'iy aql mutaxassislar tomonidan Industry 3.0'ning yakuni va Industry 4.0'ning asosi, deb bilinmoqda.
Şu nuqtayi nazardan Birinçi va Ikkinçi sanoat inqiloblarining asosi bölgan zavodlarning yonilğisi neft, gaz yoki elektr toki bölgani kabi, sun'iy aqlning yonilğisi ma'lumotlardir.
Birinçi va Ikkinçi sanoat inqiloblari
XVIII asrning ikkinçi yarmida Buyuk Britaniyada boşlangan sanoat inqilobining harakatlantiruvçi kuçi sifatida buğ maşinalari işlab çiqariş jarayonlariga kirib keldi. Jamiyat hayotida, qişloq xöjaligi yoki sanoatda tub özgarişlar sodir böla boşladi. Yerga işlov berişda texnika, kimyolaştiriş va biologik vositalar qöllanişi ortiqça işçi kuçini siqib çiqardi. Işsiz aholi şaharlarga iş izlab bordi hamda sanoat korxonalarida işga yollandilar. Birinçi sanoat inqilobining öziga xos jihatlarini işsizlikning ortişi, jismoniy mehnatga bölgan talabning yuqoriligiça qolişi, aholi harakati oqibatida epidemiologik vaziyatning xavfliligida körişimiz mumkin.
XIX asr oxirida kelib elektrdan keng miqyosda foydalanişga ötilişi ikkinçi sanoat inqilobiga asos böldi. Biroq, avvalgisidan farqli ravişda bu inqilob aholi orasida işsizlik ortişi bilan keçmadi. Sanoat korxonalarining keng miqyosda qurilişi va konveyerlaş tizimi joriy etilişi işçi kuçiga bölgan talabni oşirdi. Bundan taşqari, konveyerdagi işçi mehnat jarayonining kiçik bir qismidagi doim takrorlanib turadigan amaliyotda iştirok etgani sababli yuqori darajada bilim va ta'lim könikmalari unga zarur emas edi.
Ikkinçi sanoat inqilobining öziga xos jihatlariga jismoniy kuçga bölgan talab saqlanib qolişi, işsizlikning qisqarişi, notenglikning kamayişi hamda Buyuk Britaniya sanoat zonasidan taşqari Prussiya (Germaniya), AQŞ, Yaponiya va sovetlar ittifoqining öz sanoat zonalarini şakllantirişlarini ham kiritiş mumkin. Şu qatorda, energetika, konveyerlaş tizimi va standartlaştiriş natijasida mahsulotning köp miqdorda işlab çiqarilişi narxlarni arzonlaştiribgina qolmasdan, iste'mol bozorlari va resurslar uçun qirğinbarot uruşlarga ham sabab böldi.








