Ilon Maskning inson miyasini kompyuter bilan boğlaş işlarini amalga oşiruvçi kompaniyani taşkil etiş rejalari 17 aprel kuni e'lon qilinadi. Şu haqdagi maqola Wait But Why saytida joylaştiriladi. Taqdimot bilan Tim Urban şuğullanadi. Aynan u Maskning Marsni özlaştiriş rejalari va sun'iy aql xususidagi ğoyalari haqida hikoya qilib bergan edi.
Bir neça hafta muqaddam Ilon Mask kompaniya taşkil etiş fikrini qöllab-quvvatlagan. Yangi firma neyrokompyuter interfeysini işlab çiqiş bilan şuğullanadi. Bu esa, insonlarni aqlli maşinalar taraqqiyoti bilan hamnafas borişlarini ta'minlaşi kerak. Neuralink kompaniyasi hozirda boşlanğiç bosqiçida turibdi. U haqda köp narsa ma'lum emas.
Biroq, uşbu ğoya haqida ayrim fikrlar sizib çiqqan. Masalan, kompaniyaning asl maqsadi miyaga ulaş mumkin bölgan qurilmani işlab çiqarişdan iborat. Şu bilan inson miyasini töldiriş mumkin böladi. U taşqi körinişlarni yodda saqlaş, yangi qobiliyat va tillarni bir neça soniyada örganiş imkonini beradi. Bundan taşqari, Altsgeymer kabi kasalliklarini yengiş mumkin böladi.








