Google Brain va Coursera onlayn ta'lim xizmati asosçisi, Baidu kompaniyasining sun'iy aql texnologiyalarini rivojlantiriş böyiça jamoasining rahbari Endryu In The Ringer naşriga intervyu berdi. U foydalanuvçilar texnik yordamçilar bilan qay tarzda hamkorlik qilişi, işçilarning yangi iqtisodiyotga moslaşişi haqida fikr yuritdi.
Xususan, In onlayn ta'limning yangi iqtisodiyot turini barpo qilişdagi örni haqida söz yuritgan. Uning The Ringer muharririga aytişiça, ayrim mutaxassislar sun'iy aqlni rivojlantirişga qarşilik körsatişlariga qaramay, bu jarayonni endi töxtatib bölmaydi. «Biz siz bilan, bu hol ayrimlarni qançalik qörqitmasin, sun'iy aql rivojlanişini va takomillaşib borişini tuşunib turibmiz».
Tadbirkorning fikriça, uzoq istiqbolda texnologiyalar insoniyatni muntazamlikdan ozod qilib, qiziqarli maşğulotlar bilan band bölişlariga imkon beradi.
Aytiş mumkinki, sun'iy aql kişini toliqtiruvçi işlar bilan şuğullanadi. Misol uçun kişi işga borib-kelişda maşinani boşqarişni yoqtirmasligi mumkin. Sun'iy aql ayni şu kabi vazifalarni uddalaydi.
Inning fikriça, insoniyat qarşisidagi asosiy muammo, köplab iş örinlarini boy berişdan iborat emas, balki işsizlarning yetarli malakasi bölmagani sabab, yangi maşğulotni topa olmasligidadir. Şunga köra, uning aytişiça, bu masalani ijobiy hal etişda, garçi yetarli bölmasa-da, onlayn ta'lim muhim örin tutadi.
Tadbirkor, şuningdek, aholi uçun sözsiz daromad tizimini joriy qiliş ğoyasini qöllab-quvvatlagan. «Biroq hukumat heç bir iş qilmayotganlar uçun şunçaki pulni sovurişi kerak emas. Hukumat ularning yangi işni örganişlari, munosib iş topib, soliq tölaşni boşlaşi umidida yordam berişi kerak».
Google Brain asosçisi sun'iy aqlni elektrenergiyasi bilan qiyoslagan. «100 yil avval, elektrlaştiriş agrosoha, transport, sanoatni tubdan özgartirib yuborgan. Öylaymanki, sun'iy aql bilan ham şunday böladi. U sanoat ortidan sanoatni özgartiradi. U, hozirdanoq, axborot texnologiyalarini özgartirmoqda. Qidiruv algoritmlari, reklama, tarjima qiliş texnologiyasi, tasvirlarni taniş kabilarga kirib bormoqda».
2017 yil yanvar oyi boşlarida bölib ötgan CES texnologik körgazmasida Xitoyning Baidu kompaniyasi Amazon Echo va Google Home raqobatçisi—Little Fish xöjalik yordamçisini taqdim etdi. Little Fiş’ning boşqa turdoşlaridan farqi şundaki, Baidu qurilmasi ekran bilan jihozlangan.
Inning fikriça, foydalanuvçilar körgan vaqtda axborotni yaxşi özlaştiradi va tanlaş imkoniyati qulaylaşadi.
Bundan taşqari, bu kabi yordamçilardan uyda foydalaniş, mobil qurilmalaridagi ilovalardan foydalanişga qaraganda ommaviyroq bölişi aniq. Çunki, ularni işga tuşiriş uçui şunçaki sözlaş kifoya qiladi.








