Jahon | 19:53 / 30.06.2021
5828
1 daqiqa o‘qiladi

JSST Shimoliy Koreyada koronavirus yuqtirish holatlari qayd etilmaganini ma'lum qildi

Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In Shimoliy Koreyada sog‘liqni saqlash sohasida «og‘ir vaziyat» yuzaga kelganini aytgandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti KXDRda shu paytga qadar birorta ham koronavirus yuqtirish holati qayd etilmaganini ma'lum qildi.

«JSSTga hukumat tomonidan taqdim etilgan eng so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, KXDRda shu paytga qadar koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan»,— deb xabar qildi «RIA Novosti» JSST matbuot xizmatiga tayanib.

Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In Shimoliy Koreyada sog‘liqni saqlash sohasida «og‘ir vaziyat» yuzaga kelganini aytgandi.

OAVning xabar berishicha, u bir necha nafar mansabdorlarni ishdan bo‘shatgan. AFP va AP agentliklari tahlilchilarning fikriga tayanib yozishicha, vaziyat mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid