Özbekistonda 150 yillik maksimum harorat kuzatildi. Bu ogohlik signali bölişi kerak
|22:26 / 30.06.2021125 55017 min
Bir vaqtlar iqlim özgarişlari oqibatida dunyoning turli mintaqalarida kuzatilgan tabiat hodisalari bizni hayron qoldirgan bölsa, bugun bu hodisalar özimizning yon-atrofimizda röy beryapti. Anomal issiq kunlar, qorsiz qiş, yomğirsiz bahor, çang böronlari va hokazo.
Gidrometeorolog Erkin Abdulahatov Kun.uz bilan suhbatda keskin iqlim özgarişlari, uning sabablari va yangidan yangi oqibatlari, bundan zarar körayotgan ösimlik va hayvonot olami, şuningdek, yaqin ön yilliklarda yana nimalar kutayotgani haqida sözlab berdi.
Oxirgi uç yil – Özbekistonda 150 yil içida eng issiq davr
— Iqlim özgarmoqda. Isiş şu qadar tezki, göyoki muqaddam kiçik davr oraliğida bu kabi keskin “sakraş” kuzatilmagandek. Haroratning kötariliş infografikalarida egri çiziqlar yuqoriga va tobora yuqoriga tomon intilmoqda. Buni Özbekiston şaroitida barça kuzatuv ma'lumotlari tahlilida ham köriş mumkin. Özbekistonda oxirgi 5 yilning 3 yilida sönggi 150 yildagi eng issiq ob-havo kuzatildi.
Ötgan asrdagi bahs-munozaralarda iqlimşunoslar iqlimga oid har xil xavotirli kutilmalarini aytişgan. Afsuski, ularning barçasi siz va biz yaşab turgan ayni hozirgi makonda böy çözmoqda.
Yer evolyutsiyasi turli iqlim epoxalarini boşdan keçirgan. Isişlar va sovişlar ma'lum davrlarda galma-galiga tez-tez örin almaşib turgan. Ötmişda iqlim özgarişiga Yerning özi va astronomik omillar sabab bölgan. Hozir esa unday emas. Inson öz qöllari bilan iqlim özgarişini, özgariş fonida esa isiş jarayonini tezlaştirib yubordi.
Gidrometeorolog Erkin Abdulahatov
“Parnik effekti”
— Isiş havo tarkibidagi öşa maşhur is gazi konsentratsiyasi ortib borayotganida namoyon böldi. Havo tarkibida bu miqdor sanoat davrigaça 280 ppm (havo tarkibidagi milliondan bir uluş)dan hozirda 420 ppm'ga juda tez va qisqa vaqt oraliğida çiqib oldi. Inson ta'siri va katta maydondagi hududlarni “yeb borayotgan” qurğoqçilik omili uglerod gazini yutuvçi örmon maydonlari keskin qisqarişiga olib kelib, havodagi milliardlab tonna uglerod gazlari yutilmay qolişiga sabab böldi.
Tabiatga ayovsizlarça körsatilayotgan antropogen ta'sir şu holatga olib keldiki, endi uning salbiy oqibatlaridan biz va keyingi avlod aziyat çekadi.
Tasavvur qiling, siz issiqxona (parnik) içidasiz: dim, yoqimsiz, issiqxonaning deyarli har burçida bir xil harorat, keçasi va kunduzi ham şunday mikroiqlim. Issiqxona taşqarisida esa boşqa manzara, keçasi haroratning birmunça pasayişi, odatiy, biz örgangan holat...
Mavzuga oid
Is gazi va boşqa iflos gazlarning atmosfera tarkibida köpayişi – Yer atmosferasini bora-bora yuqoridagi kabi parnik içidagi holatga tuşirib qöyadi. Bu “parnik effekti” degan hodisa bilan tuşuntirilib, tungi va kunduzgi haroratlar örtasidagi farqning kamayişiga olib keladi.
Keçalari haroratning kötarilişi yaqqol isiş jarayonini oşiradi. Bu kabi özgarişlar yer sferalari örtasidagi uzoq tarixiy muvozanatni buzadi. Tabiiyki, tabiat bunga şunçaki tez “rozi” bölmaydi. Eng katta sezgirlik, dunyo okeani va atmosfera havo oqimlari örtasidagi balansning özgarişida yaqqol namoyon böladi. Natijada, sovuq va issiq havo oqimlari şakllanişi, rivojlanişi va ular harakatidagi beqarorlik oşadi. Bu beqarorlik yil fasllari ketma-ketligi qonuniyatining buzilişida gavdalanadi. Biz şu özgarişlar kuzatilayotgan iqlimiy davr içida yaşayapmiz.
Kelgusida ziç şaharlar aholisi boşqa areallar, masalan, aholi tarqoqroq joylaşgan hududlarga nisbatan issiqdan köproq aziyat çekadi.
Isiş havoga is gazi va boşqa zararli gaz konsentratsiyalarini çeklanmagan miqdorda çiqariş bilan bir qatorda, boşqa omillar natijasida ham öz ta'sirini kuçliroq körsatişi mumkin. Örmonlarning yöq qilinişi, yerlarni haydaş, katta hududlarda quriliş işlarini amalga oşiriş haroratni biroz kötaradi. Afsuski, Toşkent şahrida oxirgi yillarda bu işlarning deyarli barçasi kelgusida keltirib çiqarişi mumkin bölgan aks ta'sir inobatga olinmay amalga oşirilmoqda.
“Şaytonni xumçadan çiqarib yubordik” — anomal hodisalar köpayişi sabablari haqida
— Sanoatlaşgan davr gurkiragan paytga qadar iqlim ma'lum bir muvozanatda edi. Hozir esa “şaytonni xumçadan çiqarib yubordik”.
Köz oldingizga keltiring, qir-adirlikda atrofdagi qirlarga nisbatan yaqqol kötarilib turuvçi bir dönglik bor. U yerga yoğgan kuçli jala sel suvlari oqib ketadigan yölakça hosil bölgan. Ming, balki, million yillar davomida sel suvlari şu yölakçadan oqib ötadi. Nimadir böldi-da, kimdir, şu dönglikni buldozer yordamida tekislab qöydi. Bir kuni kuçli jala yomğir, şu yerda töplangan suv oqimini, boşqa bir joydan vayronkor tusda oqib ketişiga olib keldi. Keyingi jalada ham suv çiqib ketadigan yölakça manzili özgardi. Keyingi, keyingi va keyingilarida ham şu jarayon takrorlandi. Qaçondir bir neçta jala yoğin yoğib ötgaç, bu tekislikda aniq bir sel irmoği hosil böladi va suvlar şu yölakçadan oqib ketadi. Ammo uning uçun bir neçta jala yoğinlar yoğib ötişi kerak.
Nima uçun bu voqeani keltirdim. Dunyo osmonida xam iqlim özgarişi tufayli, atmosferada şakllanadigan sovuq va iliq oqimlar harakatidagi muvozanatlar buzilmoqda. Buning oqibatida, turli mintaqalar uçun noodatiy, boşqaça qilib aytganda, anomal tabiat hodisalari ortib ketdi. Bu oqimlarning yana qayta muvozanatga kelişiga köp yillar sarflanadi va afsuski, iqlim isişining bu kabi şaddatli tarzda özgarişi yaqin 100 yillikda yil mavsumlari bekami-köst bir-birini takrorlaydigan barqarorlik balansi kuzatilmasa kerak.
Mavsumga xos bölmagan soviş va isiş anamoliyalari davriyligi ortib, u keltirib çiqaradigan xavf-xatarlar soni köpayişda davom etmoqda. Isiş 2000 yildan söng Özbekistonda yilning 22 foiz davrida kirib keladigan sovuq oqimlar hissasini 10 foizga tuşirib qöydi. Xavotirli prognozlarga köra, bu körsatkiç kelgusida kamayib boraveradi.
Sovuq oqimlar salmoğining kamayişi, respublikada mahalliy xususiyatga ega havo oqimlarini köpaytirib, ular ortidan, janub subtropik davlatlardan issiqroq oqimlarning faolligi va davriyligini oşirdi. Bu noodatiy özgarişlar, oqimlar çegarasida kuçli şamollar şiddatini oşirib yubordi.
Iqlim isişi, havo tarkibida is gazining ortayotgani öz navbatida havo namligi birmunça oşişiga olib keldi. Ammo mintaqada bu notekis taqsimlangan. Aydarköl köllar tizimining paydo bölişi köl atrofidagi Jizzax, Navoiy, Samarqand viloyatlarida namlikning biroz ortayotgani, bu bahor-yoz, hatto iliq qiş oylarida ham oldingiga qaraganda jadal yoğinlar köpayayotganida aks etdi.
Örmonzor, ihota vazifasini bajarib kelgan daraxtzor va yaylovlarning kamayişi, quriliş obektlarining ortişi çang böronlarining xavflilik darajasini oşirib yubordi. Hattoki, toğli regionlar uçun xos bölmagan mahalliy çang böronlar kuzatila boşlandi. Masalan, turizmni rivojlantirişga kuç berilayotgan Çorvoq suv ombori atrofida çang-böron hodisalari qayd etildi. Bu – iqlim özgarişi natijasida yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarning dastlabki ogohlantiriş “signal”laridan biri.
Iqlim özgarişlarining inson soğliğiga ta'siri
— Meditsina – iqlim özgariş keltirib çiqarayotgan salbiy hodisalarga moyil va öta sezgir soha. Jazirama issiqlar yurak-qon tomir kasalliklari, nafas oliş a'zolari, asab tizimiga salbiy ta'sir etadi. Çang böronlar davomiyligining ortişi allergik kasalliklarni qözğaydi.
Davomli jazirama va boşqa iqlim özgarişlari juda uzoq ötmişdagi xuddi hozirgi iqlim epoxalariga öxşaş davrda gurkiragan ötmiş viruslarini faollaştirib, “uyğotib” yuborişi mumkin.
Iqlim isişi odamlar soğliğiga, ayniqsa, tropik va subtropik mamlakatlardagi past daromadli aholi guruhlariga salbiy ta'sir etadi. Ular tabiatdagi keskinlik, turli xil tabiiy ofatlarda avj oluvçi yuqumli kasalliklarning tez tarqatuvçi asosiy omiliga aylanib qolişadi. Xuddi şu yuqoridagi iqlim mintaqalarida istiqomad qiladigan daromadi past Braziliya va Hindiston kabi davlatlarda birgina “COVID-19” virusi keltirib çiqarayotgan oqibatlarni eslatib ötişning özi kifoya.
Iqlimning isib borişi, aholining demografik statistikalarida ölimning qöşimça köpayib ketişida ham aks etmoqda. Yuqori haroratli davrning uzoqroq davom etişi kanalarning faollaşuviga hamda ular keltirib çiqaradigan yuqumli kasalliklar ortişiga olib keladi. Haroratning kötarilişi yuqumli oşqozon-içak kasalliklari ortişini ham kuçaytiradi. Bu, asosan, şahar aholisi orasida köp kuzatilib, kanalizatsiya va muhandislik inşootlari işlaş tizimining özgariş fonida qayd etiladi.
Havoga is gazi bilan birga çiqarilayotgan boşqa iflos moddalar miqdorining köpayişi kişilarda teri va onkologik kasalliklar kelib çiqişiga sabab bölişi mumkin. “Parnik effekti”ni hosil qiluvçi gazlar konsentratsiyasining ortişi, ozon tuynugi 1 foizgaça yemirilişiga, yemirilgan tuynukdan ultrabinafşa nurlari jadal kirişiga olib keladi. Bu nurlar bevosita tik tuşadigan hududlarda teri kasalliklarini 2-3 foizga, katarakta 0,6-0,8 foizga köpayişi mumkin.
Darvoqe, iqlim isişining ijobiy tomonlari ham bor, havoda is gazining ortib borişi astma, gipertoniya, iç qotişi, osteoxondroz kabi kasalliklar kamayişiga olib kelişi mumkin.
Oziq-ovqat ta'minoti, flora va faunaga xavflar
— Iqlim özgarişi faqat insoniyatning özigagina salbiy oqibatlarni keltirib çiqarmaydi. Ösimlik va hayvonot dunyosi, ma'lum bir bioturlarning yer xaritasidan yöq bölib ketiş xavfini oşiradi. Jamiyatda biror bir tarmoq yöqki, uning barqarorligi iqlim bilan boğliq bölmasa.
Birinçi galda, iqlim özgarişining salbiy ta'siri qişloq xöjaligi mahsulotlarining beqarorligida, oziq-ovqat zanjirining nomutanosibligida yaqqol körinadi.
Isiş va soviş kabi anomal hodisalar mavsumlar uçun xos bölmagan noodatiy iqtisodiy tebranişlarni yuzaga keltiradi. Meva-sabzavotlar öz vaqtidan erta yoki keç yetiladi. Bu esa dunyo bozorida narxlar muvozanati, eksport salohiyatidagi aktivlikning susayib borayotganida ham körinadi. Uşbu yil gilos va piyoz narxlarining arzonlaşgani iqlimning özgariş sabablari fonida yuz berdi. Ammo iqlimning isişi bora-bora oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlaşiga olib kelaveradi.
Prognozlarga köra, havo haroratining 2-3 darajaga kötarilişi, dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari yetiştirişni qiyinlaştiradi. Karbonat angidrid konsentratsiyasining ortişi ösimliklarning birlamçi mahsuloti köpayişiga ta'sir etadi, ammo iqlim özgarişi ekosistemalar mahsuldorligini kamaytiradi ham. Ayrim ösimlik turlarining yöqolib boriş xavfi mavjud.
2030 yilga borib, isiş natijasida mintaqada iqlim mintaqalari şimolga tomon 150-200 km suriladi. Balandlik iqlim mintaqalarida bu körsatkiç 150-200 metr yuqoriga siljiydi. Sovuq qiş davri 15-20 kunga kamayib, öz örnini iliq qişga böşatadi. Bu çöl va toğ yaylov maydonlari keskin kamayişiga olib keladi. Sovuq havolarning kam kirib kelişi qurğoqçilik, çöllanişni kuçaytirib yuboradi.
Özbekiston janubida barqaror issiq va qurğoqçil havoning davomiy kuzatilişi, don mahsuldorligini 33 foizgaça kamaytiradi. Şundoq ham suv muammosi mavjud mintaqada paxta hosilida qurğoçil kunlarning ortişi, 10-25 foizgaça hosilni kamaytiradi. Iqlim isişi ma'lum bioturlarning yöq bölişi va ma'lum birlarining paydo bölişiga olib keladi.
Mintaqaning barça tekislik areallari va yirik şaharlarida ignabargli (arça) daraxtlarni köpaytiriş samara bermaydi. Markaziy Osiyo tarixiga oid solnoma, qadimiy asar va miniatyuralarda ignabargli tur, ya'ni kiparis daraxti köp uçraydi. Ular bizning regionlarda ösa olgan. Keyin esa yöqolib qolgan. Markaziy Osiyo davlatlarida XIX asr oxirida kiparisni köpaytiriş böyiça amalga oşirilgan tajribalar, afsuski, kutilgan natijani bermadi. Hozir hududlarda ommaviy ekilayotgan arçalar mintaqadagi iqlimga moslaşa olmayapti.
Iqlimdagi noodatiy özgarişlar, turli zararkunanda, yangi turdagi qurt-qumursqalar bosqini kabi hodisalar yaxlit ekotizimni izdan çiqariş xavfini oşiradi. Issiq haroratlar kana va çivin faolligini oşirib yuboradi.
Beqaror qiş oylaridagi tösatdan issiq va sovuq anomaliyalarning almaşinişi, toğ yaylov fitomassasida buzilişlarga olib keladi. Yaylovlar çorva mollarining 50 foizini ozuqa bilan ta'minlaydi. Kelgusida, tabiiyki, çorva mollari narxi muttasil oşib boraveradi.
Iqlim isişi, aholi köpayişi, ehtiyojlarning ortişi mintaqada suv muammosini kuçaytiradi. Havo oqimlarining noodatiy takrorlanişi esa jadal yoğin va tösatdan esuvçi kuçli şamollar xavfini oşiradi. Jadal yoğinlar sel-suv toşqinlardan kelib çiqadigan favqulodda hodisalar soni oşişiga, u esa iqtisodiy zararlar köpayişiga olib keladi.
Transport vositalaridan çiqayotgan zararli gazlar salmoği ham issiqxona effektini keltirib çiqarayotgan asosiy omil sifatida qaralmoqda.
Iqlim özgarişining ayrim ijobiy tomonlari ham bor. Masalan, baliqçilikda istiqbolga erişsa böladi. Bunda baliqni köpaytiriş va östiriş uçun qulay bölgan mavsumlar davomiyligi ortadi, qiş davrida ularda tabiiy ölim kamayadi.
“Iqlim isişiga moslaşiş va uning salbiy oqibatlarini yumşatiş – hukumat oldidagi vazifa”
— Har bir davlat öz iqtisodiyotini rivojlantiriş uçun tinimsiz harakatda, bunga juda köp energiya oliş bilan erişiş mumkinligini yaxşi bilişadi. Ammo energiya oliş hamda iqtisodiyot tarmoqlarini keskin rivojlantiriş iqlim isişini tezlaştirişga qöyilgan qadamlardan biri ekanini bilişarmikin. Albatta, bilişadi. Ammo buni tan olgilari kelmaydi, bilişsa-da, unga qarşi çora körmaydilar. Çunki bu ortiqça resurs va pulni talab qiladi. “Nimagadir erişiş uçun nimadandir voz keçiş kerak”, tamoyiliga amal qilinadi.
Mutaxassislar endi iqlimning isiş tendensiyasini töxtatişga keç qolinganini tan olişmoqda. Isiş sur'atini töxtatiş endi oson keçmaydi. Göyoki tez harakatlanayotgan poyezd tormozi işlamay qoldi, temir yöl izida juda tez harakatlanişda davom etmoqda. Uni töxtatişga harakat qilib köring-çi?
Olimlar barça mamlakatlar issiqxona effektini kamaytiriş uçun birdek imkoniyatlarni qöllagan taqdirda ham, 2040 yillarga boribgina, yana eski iqlim davriga qaytiş mumkinligini ta'kidlaşdi. 25 yil içida iqlim özgarişi böyiça tuzilgan beşta yirik xalqaro bitimlarda körsatilgan çora-tadbirlar deyarli amalga oşmadi. Kutilmalar esa xavotirli.
Insoniyat tomonidan iqlim özgarişini keltirib çiqarayotgan omillar jilovlanmas ekan, asr oxiriga borib, sayyoramizda harorat 4 darajagaça kötarilişi mumkin. Ayni dam dunyoda isiş 1 darajadan yuqoriladi va biz şu özgarişda qançadan qança salbiy oqibatlarni öz közimiz bilan körib turibmiz. 4 daraja yuqorilaş esa ayançli iqlim böhronlarini keltirib çiqaradi. Tasavvur qiliş qiyin.
Iqlimning isiş tendensiyasini keskin kamaytiriş yoki töxtatib qoliş imkonsizdek. Bu ma'lum davlatlar sa'y-harakatigagina boğliq emas. Osmon barçaniki, yuqoridagi jarayonlar barçasi zanjir misol bir-biriga ulangan. Dunyo davlatlari birdek harakat qilmas ekan, iqlim özgarişi oldini olib bölmaydi.
Afsuski, rivojlangan davlatlar köpi Parij iqlim bitimida körsatilgan çora-tadbirlarni rad etişmoqda. Bunday vaziyatda har bir hukumat oldida iqlim isişining salbiy oqibatlariga moslaşiş hamda ularni yumşatiş masalasi turibdi.
Iqlim isişiga moslaşiş, uning oqibatlariga yumşatiş qanday amalga oşiriladi?
Buning uçun Özbekiston şaroitida har bir tarmoq uçun iqlim özgarişining salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan mukammal ssenariylar işlab çiqilişi kerak.
“Iqlim özgarişi oqibatlari oldini oliş, moslaşiş, yumşatiş strategiyasi” amalda tezroq tatbiq qilinişi zarur.
Iqlim isişining halokatli oqibatlariga moslaşiş yoki yumşatiş masalalariga töğri yondaşilsa, oziq-ovqat xavfsizligi, energetika, favqulodda vaziyatlarning oldini olişda istiqbolli natijalarga erişiş mumkin. Natijada iqlimning salbiy oqibatlarini iqtisodiyot tarmoqlariga ta'siri kamaytiriladi. Qurbonlar kamayadi. Özbekiston keyinroq mintaqadagi qöşni davlatlarga bu sa'y-harakatlari bilan andoza bölişi mumkin.
Transport sohasida, elektromobillardan foydalaniş, aholini köproq jamoat transportlaridan foydalanişiga urğu qaratiş lozim. Zero, poytaxt havosida smog hosil bölişi boşlangan. Bu şahar köçalarida haddan taşqari köp miqdorda transport harakati bilan bevosita boğliq.