Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya AQShdan 36ta F-35A qiruvchi samolyoti sotib oladi
Shveytsariya eskirib qolgan Hornet qiruvchi samolyotlari o‘rniga 36ta F-35A qiruvchi samolyotini sotib olishni rejalashtirmoqda. Shveytsariya bu maqsadda 6 mlrd shveysar franki (6,5 mlrd dollar) sarflaydi.
Defense News nashrining xabar berishicha, Shveytsariya, shuningdek, Raytheon Technologies’dan 5ta Patriot raketaga qarshi mudofaa tizimini sotib olmoqchi.
Shveytsariya federal kengashi bayonotida ta'kidlanishicha, samolyotni ishlab chiqaruvchi kompaniya Lockheed Martin’ning taklifi mamlakat g‘aznasiga boshqa kompaniyalardan samolyotlar sotib olishga nisbatan 2,16 mlrd dollar arzonroq tushadi.
F-35 qiruvchi samolyoti Lockheed Martin tomonidan 3ta variantda ishlab chiqariladi: harbiy-havo kuchlari uchun quruqlikdagi F-35A, qisqa uchish yo‘liga ega va vertikal qo‘nuvchi F-35B hamda harbiy-dengiz kuchlari uchun paluba varianti F-35C.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
09:02 / 29.05.2026
Shveytsariyada vokzalda hujum: uch kishi yaralandi
21:07 / 28.05.2026