O‘zbekiston | 07:39 / 01.07.2021
3483
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda issiq va quruq ob-havo saqlanib turadi

Foto: KUN.UZ

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda issiq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 36-41 daraja issiqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 39-41 daraja issiq atrofida bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid