Kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi

Umumta'lim maktablari 9-sinfini 2021 yilda tamomlaganlar uchun ta'limni davom ettirish bilan birgalikda, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatini beruvchi 339ta kasb-hunar maktabiga onlayn qabul boshlandi.
Qabul Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining www.kasb.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn amalga oshiriladi.
Bunda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- elektron ariza (www.kasb.edu.uz orqali to‘ldiriladi);
- umumta'lim maktabining 9-sinfni tugatganini tasdiqlovchi shahodatnoma (elektron) nusxasi;
- 3x4 fotosurat.
Hujjatlarni qabul qilish 1 iyuldan 20 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Onlayn hujjat topshirishda qo‘shimcha savollar bo‘yicha fuqarolarga hududiy jihatdan yaqin bo‘lgan kasb-hunar maktablariga murojaat etish mumkin.
Kasb-hunar maktablari bitiruvchilari kelgusida ishlash va oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirish huquqini beradigan davlat namunasidagi diplom oladi. O‘qish bepul.
Mavzuga oid

10:03 / 01.01.2025
1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

14:50 / 06.08.2024
Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi

11:00 / 01.08.2024
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi

14:56 / 01.07.2024