23:52 / 01.07.2021
34816

Nazarboyev davlat ishlarini tark eta olmayotgani sababini tushuntirdi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev kishi barcha ishlardan uzoqlashishni istaydigan yoshda ekanini, biroq buni qila olmasligini aytdi. U bu haqda «Portretga chizgilar» deb nomlangan hujjatli film davomida ma'lum qildi.

Foto: Tengrinews.kz

«Rostini aytganda, mening yoshimda barcha ishlardan uzoqlashishni istaysan. Biroq buni qila olmayman, chunki menga maktublar yozishadi, men bilan uchrashishni istashadi va shu sababli ishlashga to‘g‘ri keladi. Maktublar soni talaygina, xalqaro va o‘zimizniki, biroq bu yaxshi bo‘lsa kerak. Miya ishlashi uchun nima bilandir shug‘ullanish lozim. Biz miyaning bir yarimshari bilan yashaymiz va ishlaymiz. Agar chap qo‘ling bilan yozishni boshlasang, boshqa yarimshar ham ishlay boshlaydi», deb aytgan Nazarboyev.

Qozog‘istonga deyarli 30 yil rahbarlik qilgan Nursulton Nazarboyev 2019 yil 20 martda prezidentlik vakolatlarini topshirgan. Biroq u o‘zida Xavfsizlik kengashi rahbari va «Nur Otan» partiyasi yetakchisi lavozimlarini saqlab qolgan. 2021 yil aprelda Nazarboyev Qozog‘iston xalqi assambleyasi raisi lavozimini tark etmoqchiligini va o‘z vakolatlarini amaldagi prezidentga topshirmoqchiligini ma'lum qilgan. Biroq u ushbu assambleyaning faxriy raisi sifatida qolgan.

Mavzuga oid
Top