Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin mehnat muhojirlarini OIV va xavfli yuqumli kasalliklarga tekshirish haqidagi qonunni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning tibbiy tekshiruvi natijalari haqidagi axborot saqlanuvchi yagona federal sanitar-epidemiologik ma'lumotlar bazasini tashkil etish haqidagi qonunni imzoladi.
Endilikda Rossiyada yashash huquqini, ishlashga ruxsat yoki mehnat patentini olishni istovchi xorijliklar mamlakat hududida tibbiy tekshiruvdan o‘tishlari kerak. Jumladan, ular giyohvand moddalar yoki psixotrop moddalar iste'mol qilish, o‘zlarida OIV va boshqa xavfli yuqumli kasalliklar borligiga tekshiruvdan o‘tishlari lozim.
Agar tibbiy tekshiruv xorijiy fuqaroda biror xavfli kasallik yoki giyohvand moddalarga tobelik borligini ko‘rsatsa, unga Rossiyada vaqtincha yashashga ruxsat berilmaydi yoki bekor qilinadi.
Mehnat muhojirlari Rossiya hududiga kirgandan keyin 30 kun ichida tibbiy tekshiruvdan o‘tishlari shart.
Avvalroq bir qator toifadagi xorijiy fuqarolar Rossiyada tibbiy tekshiruvdan o‘tmagan holda uzoq vaqt qolishlari mumkin bo‘lgan. Ularning aksariyatini Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar fuqarolari tashkil qilgan. 2020 yil 1 marti holatiga ko‘ra, Rossiyada ushbu davlatlarning 2,5 mln fuqarosi bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:07
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10