Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatidagi 62ta maktab filialiga yangi bino qurib beriladi
Samarqand viloyatidagi 62ta maktab filialiga yangi bino quriladi. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat kengashida qaror qabul qilingan.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazilmoqda. Sessiya ishida bir qator dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazilgan va tegishli qarorlar qabul qilingan.
Jumladan, deputatlar Samarqand viloyatdagi 62ta maktab filiali uchun yangi bino qurib berish haqidagi qarorni ma'qullagan. Filiallar binolari sendvich panellardan quriladi. Deputatlar bu uchun mahalliy budjetdan pul ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Samarqand viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, bugungi kunda viloyatda jami 184ta maktab filiali bor. Xalq deputatlari viloyat kengashi qabul qilgan qarorga ko‘ra, ular orasida hashar yo‘li bilan, qo‘lbola tarzda qurilgan, sharoiti og‘ir maktab filiallariga yangi binolar qurib beriladi.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026