Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi bir martalik plastikdan to‘liq voz kechdi
Yevropa ittifoqida endilikda bir martalik plastikdan foydalanish taqiqlanadi. Bu haqda atrof-muhit bo‘yicha yevrokomissar Virginiyus Sinkyavichyus ma'lum qildi.
Foto: Pixabay
Bir martalik plastikdan foydalanishni taqiqlovchi qonun 2019 yilda qabul qilingandi. Ushbu qonun Yevropa ittifoqi davlatlariga 2021 yil 3 iyulgacha bozordan bunday mahsulotlarni olish va boshqa ishlab chiqarmaslik majburiyatini yuklagan. Keyingi 12 oy ichida bir martalik plastik buyumlarning yig‘ilib qolgan zaxiralarini sotishga ruxsat beriladi, biroq keyin taqiqlov to‘liq kuchga kiradi.
Belgiyalik yevrodeputat Frederik Risning aytishicha, bu barcha bir martalik plastik oshxona anjomlari – likopchalar, pichoq va sanchqilarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, paxtali tayoqchalar, pufaklar, qahvani aralashtirish uchun plastik tayoqchalar, plastik paketlar ham taqiqlanadi.
Dengiz va okeanlarni ifloslantiruvchi chiqindilarning 80 foizdan ko‘prog‘ini plastik tashkil qiladi. Plastikdan tayyorlangan buyumlar ko‘pincha bir marta ishlatilib, so‘ngra tashlab yuboriladi. Ularning dengizga tushishi ehtimoli ko‘p marta qo‘llanuvchi buyumlar tushishiga nisbatan yuqoriroqni tashkil qiladi. Dengiz, okeanlar, plyajlarda to‘planuvchi plastik dengiz jonzotlari va inson organizmiga katta xavf soladi.
Mavzuga oid
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
00:18 / 29.09.2025
Suyaklar yemirilishining kutilmagan sababi aytildi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
17:16 / 06.09.2025