Mikroplastik nafaqat yurak, öpka yoki asab tizimiga, balki suyaklar soğlomligiga ham salbiy ta’sir körsatadi. Xalqaro olimlar guruhining aniqlaşiça, plastikning mayda zarralari suyak iligiga kirib borişi va uning faoliyatini izdan çiqarişi mumkin.
Har yili dunyo böyiça 400 mln tonnadan ortiq plastik işlab çiqariladi va uning zarralari suv va yeguliklardan tortib havoda ham mvjud. Mikroplastik zarralari qonda, miyada, kökrak sutida va hatto suyaklarda ham topilgan. Endi ma’lum bölişiça, u suyaklar mustahkamligiga putur yetkazadi.
«Suyak töqimasi hujayralarida ötkazilgan tajribalarda mikroplastik ularning yaşovçanligini susaytirişi, qarişni tezlatişi va şamollaş keltirib çiqarişi ma’lum böldi. Hayvonlarda plastik suyaklar mörtlaşişiga olib kelişini kuzatdik», — dedi Kampinas universiteti mineral va suyaklarni örganiş laboratoriyasi koordinatori Rodrigo Bueno de Oliveyra.
Uning ta’kidlaşiça, mikroplastikning suyaklar mustahkamligiga ta’siri oxirigaça örganilmagan, lekin köplab tadqiqotlar plastik zarralari suyak içiga kirib borişi va undagi metabolizmni izdan çiqarişini körsatmoqda.
«Sport, ovqatlaniş va dorilar suyaklarni mustahkamlaşga yordam berişini bilamiz. Lekin şu vaqtgaça mikroplastikning suyaklarga ta’siri hisobga olinmagan», — dedi Oliveyra.











