Jahon | 23:05 / 05.07.2021
5296
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada qisman qulab tushgan bino to‘liq buzib tashlandi

Foto: Twitter

AQShning Serfsayd shahrida (Florida shtati) bir qismi qulab tushgan Champlain Towers South ko‘p qavatli turar joy binosi to‘liq buzib tashlandi. Binoni Floridaga yaqinlashayotgan Elza bo‘roni sababli buzib tashlashga qaror qilingan.

Bo‘ron uyning saqlanib qolgan qismi qutqaruvchilar ishlayotgan hududga qulashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan. Binoni to‘liq buzish uchun unga portlovchi moddalar joylashtirib chiqilgan va uning nazoratli buzilishi amalga oshirilgan.

Bu vaqtda qidiruv ishlari vaqtincha to‘xtatib turilgan.

12 qavatli bino 24 iyun tongida qulab tushgandi. Fojia joyida 400ga yaqin qutqaruvchi ish olib bormoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, fojia qurbonlari soni 27 nafarga yetdi. Yana 121 odamning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid