Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda minglab odamlarga koronavirusga qarshi soxta vaksina kiritilgani fosh qilindi
Hindistonda odamlarga koronavirusga qarshi vaksina sifatida oddiy fiziologik aralashma kiritgan firibgarlar fosh qilindi. Mingdan ko‘proq odam bunday “soxta emlash” jabrdiydasiga aylangan.
Ta'kidlanishicha, ushbu firibgarlikka tibbiy xodimlar ham aralashgan. Mumbay shahri politsiya boshqarmasi vakili Vishal Txakurning ta'kidlashicha, shaharda va yonga yondosh hududlarda bunday soxta emlash bo‘yicha kamida 12ta kampaniya amalga oshirilgan.
“Ular emlash uchun fiziologik aralashma qo‘llashgan. Har bir soxta emlash punktida shunday qilingan”, deb ma'lum qilgan Txakur.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 2500ga yaqin odam soxta vaksina olgan. Firibgarlik tashkilotchilari ushbu aldov orqali 28 ming dollar ishlab olishgan.
“Biz shifokorlarni hibsga oldik. Ular firibgarlikni amalga oshirishda qalbaki sertifikat, flakon, shpritslar ishlab chiqargan klinikadan foydalanishgan”, deb qo‘shimcha qilgan politsiya vakili.
Ayni vaqtda ushbu firibgarlik ishi bo‘yicha 14 kishi hibsga olingan. Ular firibgarlik, jinoiy til biriktirish, qotillikka suiqasd kabi jinoyatlarda gumon qilinmoqda.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
18:24 / 22.05.2026