Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sazog‘on» poligonida rossiyalik harbiy instruktorlar ishtirokida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari boshlandi
Rossiya harbiy mutaxassislari va O‘zbekiston harbiylari bilan hamkorlikda «Sazagan» dala-o‘quv maydonida «BTR-82» jangovar texnikasi va «AGS-17» granatomyotlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Samarqand viloyatida Markaziy harbiy okrugga qarashli «Sazog‘on» dala-o‘quv maydonida okrug tasarrufidagi harbiy qism va bo‘linmalarning Rossiya Federatsiyasi harbiy mutaxassislari bilan hamkorlikdagi o‘zaro tajriba almashish maqsadida o‘tkazilayotgan jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari boshlandi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berishicha, unda harbiy xizmatchilar jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini zamonaviy talablarga mos ravishda tashkil etish va o‘tkazish hamda yangi usul va uslublar yuzasidan o‘zaro tajribalar almashishadi.
Xususan, «BTR-82» jangovar texnikasining mo‘ljalga oluvchi operator va mexanik haydovchilarini tayyorlash, «AGS-17» va «RPG-7» granatomyoti hisobi mutaxassisligi, o‘qchi, mergan hamda artilleriya mutaxassisliklari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib boriladi.


«Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, ikki mamlakat orasidagi hamkorlikni mustahkamlash, hamjihatlikni oshirish, jangovar mashg‘ulotlarni bajarishdagi ko‘nikma va tajribalarni almashishdan iborat.
Ayni vaqtda har ikki tomonning harbiy xizmatchilari nazariy mashg‘ulotlar orqali bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda», deyiladi xabarda.
Mashg‘ulotlar 14 kun davom etadi. Unda har ikki tomon harbiy xizmatchilari o‘zlarining egallagan bilim va ko‘nikmalarini kunduzgi va tungi sharoitlarda amaliy jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari asosida olib borishadi.


Mavzuga oid
18:36 / 13.01.2026
Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi
15:51 / 13.01.2026
«Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi» – prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
13:40 / 09.01.2026
Samarqandda 15 yoshli bola uylangani haqidagi video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
13:08 / 09.12.2025