Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy va Rossiya koronavirusga qarshi yangi vaksina ishlab chiqdi
Xitoy O‘zbekiston bilan ham hamkorlikda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan.
Xitoy va Rossiya mutaxassislari koronavirusga qarshi yangi vaksina ishlab chiqish jarayonini yakuniga yetkazdi. Bu haqda Xitoyning Moskvadagi elchisi Chjan Xanxuey ma'lum qildi.
«Mazkur jarayon Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tdi, u muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozirda Rossiya ruxsat beruvchi organlarining vaksinadan foydalanishni ma'qullashi kutilmoqda», dedi Xitoy elchisi.
U mart oyida ushbu vaksinaning uchinchi klinik sinovlari o‘tkazilayotganini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy O‘zbekiston bilan ham hamkorlikda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan.
«Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O‘zbekistonning hissasi va ca'y-harakatlarini inobatga olib, ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Ushbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC2001 nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va foydalanishga kelishilgani bildirildi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xabariga ko‘ra, bugun, 2021 yil 1 mart kuni ZF-UZ-VAC2001 koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) vaksina tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi», deyilgandi SSV xabarida.
Mavzuga oid
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
10:18 / 04.08.2025
YeK COVID-19'ga qarshi vaksinalar xaridi ma’lumotlarini ochiqlashdan bosh tortdi
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025