Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlar Iste'molchilar huquqlarini himoyalash agentligiga yangi vakolat berishga rozi bo‘lmadi
6 iyul kuni Oliy Majlis deputatlari «Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.
Kun.uz muxbiriga ko‘ra, loyihaning ayrim moddalari Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga yangi vakolatlar berishni ko‘zda tutadi.
Jumladan, loyihaning 27-moddasi bo‘yicha, ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga moliyaviy sanksiyalar qo‘llash amaliyotini joriy qilish vakolatini agentlikka berish taklif qilinmoqda. Amaldagi qonunchilikda bu jazo chorasi ko‘zda tutilmagan.
Muhokamalarda XDP va «Adolat» SDP fraksiyalari bu vazifalar agentlik tomonidan bajarilishiga qarshi chiqdi.
Ularga ko‘ra, bu normalar xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, xususan, ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilik bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub'yektlari manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi, kelgusida korrupsion holatlarni keltirib chiqaradi.
Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda o‘tmadi va tegishli qo‘mitaga qaytarildi.
Qonun loyihasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan tayyorlangan. Agentlikda esa qonunchilik tashabbusi bilan chiqish vakolati yo‘q. Shu tufayli loyiha Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan.
Mavzuga oid
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
09:00 / 05.04.2026
Naqdga bitmas bitimlar va soliqdan norozi san’atkorlar - hafta dayjesti
11:42 / 18.03.2026