Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya 120 daqiqa davom etgan bahsda Daniyani mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Yevro finaliga chiqdi

Yevropa chempionatida ikkinchi finalchi nomi ham ma'lum bo‘ldi.
Angliya o‘z maydonida Daniya ustidan irodali g‘alabaga erishib, o‘z tarixida ilk bor qit'a chempionati finaliga yo‘l oldi. Damsgor supergoli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Ker avtogoli bilan muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtda kuchlar teng keldi. Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisida Keyn g‘alaba to‘pini kiritdi. E'tiborlisi, inglizlar sardorining penaltidan bergan zarbasini Shmeyxel bartaraf etdi, ammo qaytgan to‘pni Harrining o‘zi darvozaga yo‘lladi.
Shunday qilib 11 iyul kuni «Uembli»da bo‘lib o‘tadigan finalda Angliya va Italiya chempionlik uchun maydonga tushishadi.
Yevro-2020. 1/2 final
Angliya — Daniya 2:1
7 iyul, «Uembli»
Gollar: Ker (39, avtogol), Keyn (104) — Damsgor (30).
Amalga oshirilmagan penalti: Keyn (104).
Angliya – Pikford, Stounz, Uoker, Shou, Maguayr, Saka (Grilish 69, Tripper 106), Rays (Henderson, 95), Maunt (Foden, 95), Fillips, Sterling, Keyn.
Daniya – Shmeyxel, Larsen (Vass, 67), Vestergor (Vind, 105), Ker, Mele, Hyoyberg, Dileyni (Yyensen, 88), Damsgor (Poulsen, 67), Kristensen (Andersen, 79), Breytueyt, Dolberg (Nergor, 67).
Ogohlantirishlar: Maguayr (49), Vass (72).
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya universitetlarining o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalari oshishi mumkin
O‘zbekiston | 15:25
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi xizmatlar mustaqilligi bekor qilinishi mumkin
Jahon | 15:09
-
Sog‘lom ozishni istagan ayollar uchun: ishonchli diyetologni qanday tanlash kerak?
Ayollar dunyosi | 14:49
-
Chegarasiz biznes: Dubay yagona erkin zona pasportini joriy qildi
Biznes | 14:48
Mavzuga oid

21:14 / 14.07.2021
Yevroda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilar. Ular endi top-klublarda paydo bo‘lishi mumkin

15:57 / 13.07.2021
Yevro-2020 yakunlari. Kim tezroq, chidamliroq va aniqroq?

15:32 / 13.07.2021
Yevro-2020 ramziy jamoasi e'lon qilindi

17:32 / 12.07.2021