Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya YeI mamlakatlarini Rossiya va Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinalarini tan olmaslikka chaqirdi
Ta'kidlanishicha, Fransiya hududiga respublika hukumati ishonch bildirgan vaksinalar bilan emlangan odamlargina kirishi mumkin. Hozirda Fransiya va Yevropada to‘rtta vaksina tan olingan.
Parij Yevropa Ittifoqi Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinalarni tan olmasligi kerak deb hisoblaydi. Fransiya tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Kleman Bon France 2 telekanali orqali qilgan chiqishida ana shunday fikr bildirdi.
Uning ta'kidlashicha, Fransiya hududiga respublika hukumati ishonch bildirgan vaksinalar bilan emlangan odamlargina kirishi mumkin. Hozirda Fransiya va Yevropada to‘rtta vaksina tan olingan.
Koronavirusga qarshi boshqa, xususan, Rossiya va Xitoy vaksinalariga esa «yo‘q» deyish kerak, deb qo‘shimcha qildi diplomat.
U shuningdek, Fransiya boshqa mamlakatlardan bo‘ladigan aviaqatnovlarni bekor qilmasligini aytdi.
«Biz Braziliya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdik, ammo bu uzoq davom etishi mumkin emas. Bu juda murakkab jarayon va shu bilan birga, mazkur davlat fuqarolari Fransiyaga boshqa mamlakatlar orqali kelishi imkoniyati saqlanib qoladi», – dedi u.
Mavzuga oid
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026