O‘zbekiston | 10:25 / 08.07.2021
43109
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda pnevmoniya holatlari kundan kunga ko‘paymoqda, koronavirus qurbonlari soni ham oshmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 490 kishida koronavirus, 208 kishida pnevmoniya aniqlanib, 2 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 7 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 114529 (+490) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 27  nafari Andijon viloyatida,
  • 21 nafari Buxoro viloyatida,
  • 37 nafari Jizzax viloyatida,
  • 21 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 10 nafari Navoiy viloyatida,
  • 20 nafari Namangan viloyatida,
  • 31 nafari Samarqand viloyatida,
  • 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 22 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 19 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 13 nafari Xorazm viloyatida,
  • 48 nafari Toshkent viloyatida,
  • 166 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 208 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. 6 iyul kuni 172, 7 iyul kuni 195 kishida pnevmoniya aniqlangani haqida xabar qilingandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 51 nafar,
  • Buxoro viloyatida 16 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,
  • Namangan viloyatida 41 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 32 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 46 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 65 nafar,
  • Xorazm viloyatida 20 nafar,
  • Toshkent viloyatida 57 nafar,
  • Toshkent shahrida 21 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 110041 (+365) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 760 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid