Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashiyev: Qirg‘iziston Afg‘onistondan keladigan tahdidlarga tayyor
Qirg‘iziston Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishi sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga tayyorlanmoqda. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyev matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Tojikiston va O‘zbekiston chegarasida qiyin vaziyat yuzaga kelmoqda.
«Tez orada Afg‘onistondan kelgan qochqinlar bizning hududimizda uchrashishi mumkin. Biz va Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa davlatlari tashqi tahdidlarga tayyorlanmoqdamiz. Bu sohada faol ishlar olib borilmoqda», deya ta'kidlagan Tashiyev.
Shuningdek, u Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketishi fonida Markaziy Osiyodagi terroristik tashkilotlar, shu jumladan, Qirg‘izistondagi harakatlar kuchayganini aytib o‘tgan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026