Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Qirg‘iziston bilan chegarada otishma sodir bo‘lganini ma'lum qildi
Voqea So‘g‘d viloyatining Devashtich tumanidagi Rosrovut hududida sodir bo‘lgan. Otishma natijasida ikki nafar qirg‘izistonlik harbiy jarohatlangan.
Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi 8 iyul kuni to‘rt nafar qirg‘iz chegarachisi chegarani noqonuniy ravishda kesib o‘tganini ma'lum qildi. Bu haqda Aziya-Plyus xabar bermoqda.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, voqea So‘g‘d viloyatining Devashtich tumanidagi Rosrovut hududida sodir bo‘lgan. Otishma natijasida ikki nafar qirg‘izistonlik harbiy jarohatlangan.
«Qirg‘iz harbiylari aralash – fuqaro va harbiy libosda hamda o‘tochar qurol bilan qurollangan bo‘lgan. Ular 9 bosh otni Devashtich tumanidan Qirg‘iziston hududiga olib o‘tishga uringan», - deyiladi qo‘mita bayonotida.
Qayd etilishicha, qirg‘izistonlik chegarachilar to‘xtash to‘g‘risidagi buyruqqa bo‘ysunmagan va tojik chegarachilariga qarata o‘q uzgan. Javob tariqasida uzilgan o‘qdan ikki nafar qirg‘iz chegarachisi jarohatlangan.
Ikki mamlakat tegishli organlari voqea joyiga yetib kelgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 29 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralarida yashovchi aholi o‘rtasidagi nizo ikki davlat harbiylarining qurolli to‘qnashuviga aylanib ketgandi.
To‘qnashuvlarda har ikki tomondan 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 300dan ortiq kishi jarohatlandi.
5 iyun kuni «Qoramiq» chegara uchastkasida Tojikiston va Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari Saymo‘min Yatimov va Qamchibek Toshiyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar qo‘shinlarni chegaradan olib ketishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026